So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Beeline league"ga marhamat Yangiliklar

"Beeline league"ga marhamat

Virtual futbol Evropada o'z o'rniga ega bo'lib ulgurdi.

Aytaylik, kuchli beshlik milliy chempionatlarini kuzatib boruvchilar, ularda to'p suradigan futbolchilar haqida yaxshi tasavvurga ega. Demak, virtual jamoa tuzib, bitta ligada o'zaro raqobatlashish mumkin.


www.eplmanager.com o'zbekistonlik futbol muxlislariga shunday imkoniyat yaratib beradi. Siz Angliya chempionati haqida tasavvurga egamisiz? U holda jonli futbolchilardan o'z jamoangizni tuzing va virtual futbol ligasida ishtirok eting. Nomi virtual bo'lgani bilan, bunda siz sevgan futbolchilarning real hayotdagi harakatlari aynan sizga ochko keltiradi. SHunchaki, qaysi futbolchi navbatdagi turda o'zini ko'rsata olishini oldindan taxmin qiling va "Beeline"dan qimmatbaho sovg'alardan birini yutib oling.

Ha, aytgancha, butun bir mavsum uchun vaqtingizni olib o'tirmaymiz. 16 dekabrdan start oladigan "Beeline league"ga qo'shiling. APL 18-turidan to 20-turiga qadar shunday futbolchilarni tanlangki, raqobatchilaringiz oldingizga tusha olmasin. CHindan ham shunday bo'lsa, vada qilingan sovg'alar 3ta turdan keyin sizniki.

Qanday o'ynayman?

Birinchi navbatda www.eplmanager.com saytiga tashrif buyuring va ro'yxatdan o'ting. Agar siz hammasiga qo'lingizdagi telefon yordamida erishishni istasangiz — muammo yo'q: https://eplmanager.com/mobile havolasidan virtual futbolning mobil ilovasini ko'chirib oling.


Endi siz APL murabbiyisiz. Joze Mourino, Yurgen Klopp, Arsen Venger yoki Antonio Konte o'z futbolchilari bilan ovora bo'laversin. Siz esa ularning har biridan termangiz uchun futbolchi jalb qiling. Buyog'i xuddi transfer oynasiga o'xshaydi.

Yani, siz 15 nafar futbolchi xarid qilishingiz shart: 11 asosiy va 4 zaxira. Biz esa sizga 100 "so'm" pul beramiz. Aqlni shunday ishlatingki, bu pulga 15 futbolchi sotib olishning iloji bo'lsin. Unutmang, real hayotda yulduz futbolchilar qanchalik qimmat bo'lsa, bizning futbolda ham shunday. Ammo APLda faqatgina yulduzlar hammasini bajarmaydi. Masalan, “Uotford”ning arzon futbolchisi “Arsenal”ga gol uryapti. Aytaylik, siz Lukakuni sotib oldingiz, biroq Morata omadliroq ketyapti. Kelasi turda ularni almashtirish uchun imkoniyatingiz bor. Biz har turda 1 tadan futbolchini bepul o'zgartirishingiz uchun imkon beramiz.


Siz sotib olgan 15 futbolchingizni endi real hayotda kuzating. Ularning urgan goli, golli pasi, o'ynagan daqiqasi-yu, foydali ishlari alohida-alohida ochko keltiradi. Bordi-yu, tanlagan futbolchingiz sizni uyaltirib, sariq yoki qizil kartochka olsa, penaltidan gol urolmasa, bu sizga aks tasir etadi. Bunisi endi real hayotdagidan ham qiziq. Endi siz nafaqat APLdagi sevimli klubingizga, balki o'z qo'l ostingizdagi har bir futbolchining muvaffaqiyati uchun muxlislik qila boshlaysiz.

Yana nimani bilishim kerak?

Dedlayn. Bu siz uchun so'nggi soniyadek gap. APLda turning birinchi o'yini boshlanishidan 1 soat oldin, trasferingiz yopiladi. Mana shu vaqt dedlayndir. Siz o'sha birinchi uchrashuvga 1 soat qolguniga qadar istalgan vaqtda yangi tarkibni shay qilib qo'ying, olam guliston.

Sizga “Yunayted” yoqadimi yoki “Arsenal”? Yaxshi! Ammo unutmangki, o'z jamoangizga bitta klubdan 3 dan ortiq futbolchi ololmaysiz. Qulochni kengaytiring, “Nyukasl”dan tortib, “Liverpul”gacha, hatto “Suonsi” etakchilarini ham sinab ko'ring. SHunday vaqtlar bo'ladiki, ular yulduzlardan-da ko'proq ochko keltiradi.

Umuman iloji yo'qmi, deysizmi? Siz uchun topamiz. Pullik xizmatni yoqib, bir klubdan 4 futbolchi olishingiz mumkin, undan ortiq emas. Yoki har turda cheksiz transferlarni ham sotib olishingiz mumkin. O'yin shunisi bilan qiziq.


Hozircha shu. Siz futbolchi oling va ularni kuzating. Ochkolar avtomatik hisoblab boriladi. Ligada xuddi jamoangiz kabi bir yuqoriga chiqasiz, bir tushasiz, ammo zerikmaysiz. Start — 16 dekabrdan.


"Beeline league"

18-turdan - 20-turgacha
16 dekabrdan - 28 dekabrgacha


Sovrinlar

1-o'rin - Beeline 4G router + Platinum statusi + 5500 mb internet
2-o'rin - Beeline 4G router + Gold statusi + 5500 mb internet
3-o'rin - Beeline 4G router + 5500 mb internet
4-10-o'rinlar -  5500 mb internet (har bir o'ringa)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика