So’nggi yangiliklar

02:30Ла Лига. ​"Атлетико" "Райо Вальекано"га қарши ўйинда камбэк амалга ошириб, ғалаба қозонди. Альваресдан феноменал ўйин  1 02:14Европа лигаси. "Рома" ғалабага эришди, "Бетис" ва "Ноттингем" муроса кўчасини танлашди, "Фенербаҳче" эса ютқазди  0 01:55Англия лига кубоги. "Манчестер Сити", "Арсенал", "Тоттенхэм ва "Ньюкасл" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:54"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси рўйхатига киритади. УЕФА қоидаларга ўзгартириш киритган  0 00:35Руни: "Одамлар Месси кучлироқ деганим учун мени Роналдуни ёмон кўради деб ўйлашади"  3 00:03УЕФА Исроилни четлатмайди. Бу масала кун тартибидан олиб ташланди  9 23:35ФИФА Жаҳон чемпионати иштирокчилари сонини оширмайдиган бўлди  1 22:49Айбек Нурбаев: "Олимпик MobiUz"ни яхши ўрганган эдик"  3 22:22Янги мавсумдаги илк "Эл Класико"нинг бошланиш вақти ва санаси аниқ!  1 22:06Футзал. Ўзбекистон мағлуб бўлди, лекин Осиё чемпионатига чиқди  9 21:45Алонсо ва Флик – Ла Лигада сентябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга номзод  5 21:25Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қирғизистонга имкониятни бой берди  34 20:54Рио Фердинанд: "Руни – АПЛ тарихидаги энг мукаммал ҳужумчи. Йиртқични Кейн, Ширер ёки бошқалар билан солиштирманг"  4 20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  7

"Bazida maydonda shunchaki jang qilardik" - Igor SHkvirin "Paxtakor" va "Qayrat"ning SSSR davridagi o'zaro o'yinlari haqida Yangiliklar

"Bazida maydonda shunchaki jang qilardik" - Igor SHkvirin "Paxtakor" va "Qayrat"ning SSSR davridagi o'zaro o'yinlari haqida

Mazkur klublar o'rtasidagi so'nggi bahs ishtirokchisi intervyu berdi.

Tez orada Toshkentda "Paxtakor" - "Qayrat" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Klublar so'nggi bor 1990 yilda uchrashishgan. Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'sha bellashuv ishtirokchisi Igor SHkvirin bilan suhbatlashdi. “Paxtakor”ning afsonaviy hujumchisi sovet davrida “Qayrat”ga qarshi o'yinlar qay tarzda o'tganini yodga oldi.

- Ehtimol ko'pchilikka nomalum bo'lishi mumkin, hozirda nima ish bilan bandsiz?

- Ayni damda AGMK tarkibida murabbiy-selekcioner bo'lib ishlayman.



- "Paxtakor" va "Qayrat" o'rtasidagi oxirgi o'yinni eslaysizmi?

- To'g'risini aytsam, Olmaotada bo'lib o'tgan birinchi davra o'yini ko'proq yodimda qolgan - nazarimda, o'shanda 1:0 hisobida g'alaba qozongandik. “Qayrat”ga qarshi o'z uyimizda qanday o'yin namoyish etganimizni eslolmayman. O'sha bahsda ham g'alaba qozonganmidik?

- Ha, 2:1 hisobida.

- SHunday. "Qayrat"ga qarshi birinchi o'yindan so'ng biz uchun ishlarimiz rivojlanib ketganini aniq eslayman. Mavsum boshlanishi unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi: biz yaxshi o'yin ko'rsatayotgandik, lekin ko'pincha safardagi bahslarda nimadir etishmayotgandi. SSSR Oliy ligasiga chiqish uchun nafaqat o'z maydonida, balki raqib maydonida ham imkon qadar ko'proq g'alaba qozonish kerak edi. Olmaotadagi g'alabadan keyin esa kerakli poziciyani qo'ldan boy bermadik (“Paxtakor” yakunda Birinchi ligada ikkinchi o'rinni egallab, Oliy ligaga yo'llanma qo'lga kiritdi – eslatma). Birinchi ligada etti yil ishtirok etganimizdan so'ng, Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritish biz uchun juda muhim edi.

- Qayrat bilan qarama-qarshilik shaxsan siz uchun qanday ahamiyatga ega?

- Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvlar hamisha muxlislarda katta qiziqish uyg'otib kelgan, futbolchilar esa, tabir joiz bo'lsa, yuqori jangovar shaylikda maydonga tushishgan. Albatta, mukofot puli yuqori edi. Siyosiy sabablarsiz bunday ishlarni amalga oshirib bo'lmaydi, bundan qutulib ham bo'lmaydi. Hozirgi kunda sport siyosatdan yiroq ekanligi haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinadi, ammo mutlaqo unday emas. O'shanda ham shunday edi: albatta, ular bizning qo'shnilarimiz, lekin respublikalar o'rtasida bazi savollar paydo bo'lgandi. SHu bois, o'zaro o'yinlar har ikki tomon maydonida keskin kurashlar ostida kechgan.

Bazida futbol ikkinchi planga tushib qolar va biz maydonda shunchaki jang qilardik. Futbolchilar bir-birini mayib qilmasdi, ammo ularning hissiyotlari to'lib-toshardi. Agar o'yin chetlatishlarsiz o'tgan bo'lsa, bu qoniqarsiz o'yin deb hisoblangan. Ammo kurash faqat maydonda yuz berardi. Toshkentda ham, Olmaotada ham o'yindan so'ng “Qayrat” futbolchilari bilan uchrashib, qaysidir restoranda o'tirib suhbatlashardik.

- “Paxtakor” va “Qayrat” o'rtasidagi qarama-qarshilikni "Spartak" (Moskva) — "Dinamo" (Kiev) derbisiga qiyoslash mumkinmi?

- Ha, taxminan bir xil edi. SHuningdek, ro'yxatga Dushanbening “Pomir” jamoasini ham qo'shishingiz mumkin, ularga qarshi o'yinlar ham principial ahamiyatga ega edi.

- “Paxtakor” qo'shni mamlakat klublari bilan o'yinlarga alohida tayyorgarlik ko'radimi?

- Alohida tayyorgarlik ko'radi deya olmayman. Agar g'alaba qozonishni istasang, qo'lingdan kelganini qilasan. Ammo o'yingacha bo'lgan muhit bunga imkoniyat hozirlardi: O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi xodimlari kelib, "Faqat va faqat g'alaba qozonish kerak" deyishi kerak bo'lardi. Uchrashuvlar oldidan ko'proq tayyorgarlik ko'rilardi.

- Alisher Nikimbaevning so'zlariga ko'ra, Qozog'iston futboli texnik jihatdan kamroq va jismoniy tayyorgarlikka ko'proq etibor qaratadi. Siz bu fikrga qo'shilasizmi?

- Bo'lishi mumkin, lekin Qozog'istonda texnikali futbolchilar bor, masalan, Fanas Salimov, u "Qayrat"da o'ynagan. Umuman olganda, Nikimbaevning fikriga qo'shilaman: o'zbek futbolchilarining texnik jihatlari yuqori, futbolimizda taktik tayyorgarlikka ko'proq etibor qaratiladi. Hech bo'lmaganda, ilgari shunday bo'lgan. Ehtimol, hozir bularning barchasi o'zgargandir, chunki qaysi davlat fuqarosi bo'lishidan qati nazar, murabbiylar zamonaviy futbol ko'rsatishga harakat qilishmoqda.

- Hozirgi kunda “Paxtakor”dagi hamkasblaringizdan birortasi bilan muloqot qilib turibsizmi? Balki "Qayrat"dagilar bilan suhbatlashib turarsiz...

- Afsuski, bunday odamlar kam. "Paxtakor"da birga to'p tepganlarning bazilari bilan muloqot qilaman, masalan, Marat Kabaev bilan. Toshkentga kelganida, u bilan doim ko'rishamiz. Andrey Pyatnickiy bilan ham aloqa qilib turamiz. Albatta, Mirjalol Qosimov ham bu ro'yxatda bor, biz hamon u bilan bir klubda ishlaymiz.

- Bo'lajak uchrashuvga tashrif buyurasizmi?

- Borishni rejalashtiryapman. Qizig'i shundaki, klublar anchadan buyon o'zaro maydonga tushmagan, shunga qaramay, terma jamoalar o'zaro ro'baro' kelishdi. 2007 yilda shunday bellashuv bo'lgandi, yaqinda ham Qozog'iston terma jamoasi Toshkentga keldi. "Paxtakor" va "Qayrat" esa 1990 yildan beri o'ynamagan! Yangilangan "Paxtakor"ning qishki yig'indan keyin "Qayrat"ga qanday o'yin namoyish etishini tomosha qilish qiziqarli bo'ladi.

- Sizningcha, qaysi klub g'alaba qozonadi?

- Terma jamoalar to'qnash kelganda, O'zbekistonning 2:1 hisobida g'alaba qozonishini aytgandim. O'zbekistonning g'alabasini to'g'ri topdim, ammo hisobda adashdim, o'yin 2:0 hisobida yakunlandi. Yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda “Paxtakor”ning g'alabasiga ishonaman va tribunada muxlislar ko'p bo'lishiga umid qilaman. Mazkur bahs ayniqsa yoshi katta odamlar - SSSR chempionatida ikki klub o'rtasidagi qarama-qarshilikni guvohi bo'lishni istaganlar uchun juda qiziqarli bo'ladi.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Qayrat" uchrashuvi, bugun 25 fevral kuni soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика