"Bayer" bosh direktori: "Alonso kelajakda "Real"ni boshqarishi aniq"
16 apr 2024 18:42
Yangiliklar
"Bayer" bosh direktori: "Alonso kelajakda "Real"ni boshqarishi aniq"
Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh direktori Fernando Karro jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso kelajakda "Real Madrid"ni boshqarishi haqida gapirib o'tdi.
Xabaringiz bor, ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida "Bayer" o'z tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylandi.
"Ishonchim komilki, Xabi Alonso kelajakda Madridning "Real" klubini boshqaradi. Bu qachon bo'lishini bilmayman, ammo ishonch bilan ayta olaman u "Real"ga qaytadi. SHuningdek, "Liverpul" yoki "Bavariya" variantlari ham haqiqatga ancha yaqin.
Agarda Alonso to'p tepgan jamoalardan taklif tushgan taqdirda, "Bayer" muzokaralarga kirishishni o'z bo'yniga olgan".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar