So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  12 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Baxtiyor Davlatov xotira turniri bo'lib o'tdi Yangiliklar

Baxtiyor Davlatov xotira turniri bo'lib o'tdi

Kecha Yangierda 25-29 aprel kunlari davom etgan marhum futbolchi Baxtiyor Davlatov xotira turniri yakunlandi.

Ushbu yilda bu turnirda 10 ta jamoa bosh sovrin uchun maydonga chiqdi. Bu yilda bo'lib o'tgan turnirda 2002 yilda tavvallud topgan jamoalar ishtirok etdi.
Turnir oldidan 10 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda o'yinlarda maydonga tushdi.

"A" guruhi
1. "Yangier"
2. "Mashal"
3. "Jizzax"
4. "SHo'rtan"
5. "Guliston"

"B" guruhi
1. "Paxtakor"
2. "Nasaf"
3. "Metallurg"
4. "Andijon"
5. "Yangier-2"

Jamoalar davra shaklda to'rttadan bahsda maydonga chiqdi. SHundan so'ng o'z guruhida birinchi va ikkinchi bo'lgan jamoalar yarim finalga yo'l oldi.
"A" guruhidan "Mashal" va "Guliston" jamoalari chiqqan bo'lsa, "B" guruhidan "Nasaf" va "Metallurg" yarim finalga chiqdi.

Ikrem Repatov boshqaruvidagi 2002-yil jamoamiz guruhda "Guliston"ni 2:0, "Yangier-1"ni 1:0, "Jizzax"ni 3:0 ga mag'lub etib, "SHo'rtan"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va  yarim finalga yo'l oldi.

Yarim final bahslarining birinchisi "Mashal" va "Metallurg" o'smirlari o'rtasida bo'ldi. Bu o'yinda bekobodliklarlar 2:0 hisobida g'alaba qozonib finalga yo'l oldi. Ikkinchi o'yinda esa "Nasaf" o'smirlari gulistonlik tengdoshlarini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Kecha turnirning uchinchi o'rin uchun o'yinida yoshlarimiz "Guliston"ga qarshi maydonga chiqdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikrem Repatov jamoasi turnirda uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Final bahsi esa juda ham murosasiz kechdi. Unda "Nasaf" va "Metallurg" maydonga chiqdi. O'yinning 60 daqiqasida bekobodliklar tomonidan kiritilgan gol ularga turnir g'olibligini olib kelgan bo'lsa, qarshilik yoshlar ikkinchi o'rinni egalladi.

Tunnir yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика