So’nggi yangiliklar

02:41Испания кубоги. "Барселона" ва "Реал Мадрид" ўртасидаги финал қайси санада ўтиши маълум  0 02:30Испания кубоги. "Барселона" ярим финалда "Атлетико"ни доғда қолдирди. Финалда "Эл класико" кўрамиз!  54 02:00Италия кубоги. "Милан" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида муроса кўчасини танлашди  5 01:55АПЛ. Мерсисайд дербисида "Ливерпуль" ғалаба қозонди   2 01:35АПЛ. "Ман Сити" "Лестер"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  122 00:45"Арсенал" Нико Уильямснинг агенти билан музокараларни бошлади  0 00:15"Пахтакор" бор аламини "Машъал"дан олди  12 23:52Асрор Алиқулов: "Бугун аввалги ўйиндан фарқли тарзда руҳий томонлама ютқаздик"  3 23:32Педро Морейра: "Бу натижа биз учун кейинги ўйинларга яхши кайфият бағишлайди. Холматов ва Бўриевни бир муддатга йўқотдик"  3 22:25Гвардиола кейинги мавсумдан А Серия клубини бошқариши мумкин  4 21:59Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан шартномасини узайтиришга яқин  2 21:27Суперлига. "Пахтакор" "Машъал"га "шапалоқ" тушириб, мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  78 20:32Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи Осиё кубоги олдидан ОФК расмий сайтига интервью берди  6 19:00Ўзбекистон Кубоги. Бугунги баҳслар ғолиблари пенальтилар серияси орқали аниқланди  4 17:51Ла Лига "Барса"нинг Ольмо ва Викторни рўйхатга олиш учун асоси йўқлигини эълон қилди  46

Baxtiyor Ashurmatov: "Yozgi transferlar oynasidagi katta o'zgarishlar ayrim jamoalarda uzoq yillik reja yo'qligini ko'rsatib qo'ymoqda" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Yozgi transferlar oynasidagi katta o'zgarishlar ayrim jamoalarda uzoq yillik reja yo'qligini ko'rsatib qo'ymoqda"

Taniqli mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov mahalliy murabbiylar uchun xorijiy amaliyotning ahamiyati, Rossiyadagi futbol muhiti hamda yozgi transferlar haqida fikr bildirdi.

— Odatda, murabbiylar ish jarayoni, tig'iz rejim sabab xorijga chiqishga, biron klubga borib nimadir o'rganishga vaqti bo'lmaydi. Bu borada sizning qarashingiz qanday? Murabbiylarning o'z ustida ishlamasligi, biron klubda amaliyot o'tamasligi to'g'risida eshitgansiz. Bu qanchalik muhim?

— Har bir murabbiy o'z ustida doimo ishlashi, bilimini yangilab borishi, xorij klublarida amaliyot o'tashi kerak, deb xisoblayman. CHunki futbol kundan-kunga rivojlanib bormoqda hamda turli yangiliklar kirib kelmokda. Biz esa eski bilimimiz bilan qolib ketyapmiz. O'zbekistonda kuchli murabbiylar bor. Faqat ular chet el klublarida amaliyot o'tab, o'z bilimlarini oshirib borishi kerak. Qozonning "Rubin" jamoasidagi sharoitlar, klubning o'yin uslubini ko'rib, amaliyot qanchalik zarur ekanligini tushunib etdim. 

— Bu narsani muntazam yo'lga qo'yish kerakmi? Ayniqsa, Kapadze, Bakaev singari hali murabbiylikni boshlaganiga ko'p bo'lmagan murabbiylar faqat Pro licenziyasi uchun emas, o'zlari uchun ham tajriba oshirishidan qay darajada muhim ahamiyatga ega?

— Bu kabi amaliyotlar nafaqat Bakaev yoki Kapadze, balki har bir murabbiyga kerak. Ehtimol, endi-endi shakllanib borayotgan murabbiylarga O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan xorijda amaliyot o'tashi uchun sharoit yaratib berilishi yoki milliy terma jamoaga taklif qilingan chet ellik mutaxassis ishtirokida doimiy konferenciyalar tashkil etish lozimdir. Boshqa o'lkadan kelgan mutaxassislar o'z ko'nikmalarini mahalliy murabbiylar bilan bo'lishib, ular bilan fikr almashsa, yaxshi bo'lardi.

— "Rubin"dan olgan xulosalaringiz qanday? Klubda amaliyot o'tashda Rustam Ashurmatovning faktori rol o'ynadimi?

— Rossiyada mavsum yakunlangandan keyin jiyanim Rustamjon murabbiylarga taklif bilan chiqqan va ular ijobiy javob qaytargan. Ular mavsum boshlanish arafsida taklif qildi. Biroq jiyanimning ishlari bilan ertaroq borib kelishga qaror qildim. Buni to'laqonli amaliyot demagan bo'lardim. Sababi Qozonda ko'p vaqt bo'lmadim. Tashrifimdan asosiy maqsad jiyanimning ishlari bo'yicha vaziyatni klub rahbarlari bilan muhokama qilib, Rustamning "Rubin"dagi kelajagi borasida aniqlik kiritib olish edi. SHu sababli klub rahbari bilan uchrashib, vaziyatga aniqlik kiritdik. CHunki Rustamga o'yin amaliyoti kam berilayotganidan xavotirda edik. Imkoni bo'lsa, jiyanimni boshqa jamoaga o'tkazish variantini ham muhokama qilmoqchi edim. Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan O'zbekiston klubidandan, Rossiyaning FNL jamolaridan hamda arab klublaridan takliflar bor edi. Eng asosiysi, jiyanim kamroq maosh evaziga bo'lsa-da, o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlayotgandi. Biroq "Rubin" rahbari bilan gaplashganimda, u jamoada sog'lom raqobat bo'lishini, jamoa murabbiylari jiyanimga ishonishayotganini aytishdi. "Rubin"ning, shuningdek, Rossiya superkubogi doirasida "Zenit" — CSKA uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatdim hamda Rustamjon ham, Umarali Rahmonaliev ham qozonliklarning asosiy tarkibidan o'rin oladi degan ishonch bilan qaytdim. Ularga raqobatda ustun kelishlarini hamda omad tilab keldim. Agar o'z ustida muntazam ishlasa, o'zbekistonlik futbolchilar bemalol Rossiya klublarida o'ynay olishlariga ishonch hosil qildim. "Rubin"ning tayergarlik jarayonida bir kun dam, bir kun o'rtokliq uchrashuvi, yana bir kun esa tiklanish jarayoniga sarflandi. SHunga qaramasdan, klub ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvini, jamoaning bir nechta mashg'ulotini ko'rishga muvaffaq bo'ldim hamda jamoaning o'yin uslubidagi yangiliklarni o'rgandim. Ularda bizning futbolga nisbatan temp sezilarli darajada yuqori ekan. "Zenit" — CSKA o'yinida ikki xil taktik uslub, o'ta yuqori temp, saviyali futbolchilar ishtirokidagi futbolni, ikki jamoaning o'yinga qarab taktik o'zgarishlar qilishini guvohi bo'ldim. Tashkilotchilik va muxlislikni gapirmasa ham bo'ladi. Qozonda o'tgan vaqtim foydadan holi bo'lmadi. Mavsum boshlangandan keyin to'laqonli ikki haftalik amaliyot o'tashni rejalashtiryapman.

— Yozgi transferlar oynasida qaysi klubimizni faolligi bilan ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz? Yangi reglament sabab jamoadan jamoaga yoppasiga ko'chib o'tishlar kamaydi, bunga fikringiz qanday?

— Yozgi transfer oynasida har bir jamoa imkoniyatidan kelib chiqqan holda tarkibini kuchaytirishga harakat qildi. Xavotirlisi, ko'pgina jamoa legionerlar yordamidan foydalanishga urinmoqda. Bu holat O'zbekistonda yuqori saviyadagi futbolchilar kamligidanmi yoki ularga bildirilayotgan ishonch yuqori emasligidan dalolatmi? Bir necha yillar oldin jamoalar, asosan, mahalliy futbolchilarga tayanishar, ayrim poziciyalarni esa legionerlar bilan to'ldirishardi. Bu O'zbekiston uchun xavotirli holat. Yoppasiga ko'chib o'tish kamaydi deyapmiz, lekin ayrim jamoalar 8–9, hatto 11–12 nafargacha futbolchini jalb qilmoqda. O'z oldiga yuqori maksad qo'ygan va aniq rejasi bo'lgan jamoa yozgi transfer oynasida 3 yoki 4 nafar futbolchini qo'shib olishi kerak, deb o'ylayman. Yozgi transferlar oynasidagi katta o'zgarishlar ayrim jamoalarda uzoq yillik reja yo'qligini ko'rsatib qo'ymoqda. O'z oldiga aniq maqsad qo'ygan "Paxtakor", "Navbahor", "Nasaf", OKMK singari jamolar ko'p o'zgarishga ko'l urmadi. Bu jamoalarda maqsad va rejalar aniq va to'g'ri yo'lga qo'yilganini anglatadi. Bizni qiziqarli 2-davra o'yinlari kutib turibdi. Selekciya jarayonidagi o'zgarishlar qanchalik to'g'ri va foydali bo'lganini o'yinlar ko'rsatib beradi. Barcha jamoaga ikkinchi davrada omad tilab qolaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика