So’nggi yangiliklar

00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon"dek jamoaga 5 o'yinda 2 ochko olish yarashmaydi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon"dek jamoaga 5 o'yinda 2 ochko olish yarashmaydi"

Coca Cola Superliga 5-turi doirasida "Olimpik"ka qarshi o'yindan keyin "Turon" bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.


- "Olimpik" bizdan ko'ra yaxshiroq shakllangan jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Vaziyatlarni biz ham yarata oldik, lekin uydagi o'yinlarda omad bizdan yuz o'girmoqda, to'p ustunga tegib ketmoqda. Umuman olganda "Olimpik" bizdan kuchliroq edi. "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bizda esa holat og'ir. Ammo vaziyatdan chiqish uchun oxirigacha harakat qilishimiz kerak. Vaziyatni to'g'irlay olamiz. Rahbariyatni, muxlislarni tushunib turibman. Uchta jamoada murabbiy almashdi. Hozir istalgan qarorga tayyorman. 

Yigitlar bilan vaziyatni o'nglashga ishonyapman. Buning uchun oxirgacha harakat qilishni istayman. Baribir omad qaysidir kuni kelishi va shundan keyin o'zimiz uchun muhim bo'lgan g'alabalarni qo'lga kiritishimiz kerak. Ko'plab jamoalarda ishlaganman. "Turon"dan ham ko'ra ko'proq muxlis kiradigan jamoalarni boshqarganman. O'yindan keyin muxlislar kiyim almashtirish xonasiga kirib, bizga taskin berib ketishgani tasirli bo'ldi. Qiyin paytda muxlislar va jamoa bilan birga bo'ladigan muxlislarni ko'rmaganman. 

To'g'ri bu erdagi muxlislar ham talabchan. Ayrim muxlislar futbolchilarga qattiq etiroz bildirishadi. Ularni ham to'g'ri tushunish mumkin. Lekin jamoamizning ashaddiy muxlislari shunday paytda ham bizni qo'llab-quvvatlashyapti. Bu vaziyatdan birgalikda chiqib ketamiz deb ishonch bildirishyapti va dalda bo'lishyapti. SHu sababli futbolchilar nomidan ham muxlislarimizga katta rahmat aytaman.

- Jamoa o'rtamiyonalar bilan o'yinda ochkolarni boy berdi. Oldinda "Navbahor", "Neftchi"ga qarshi o'yinlar bor. Ushbu uchrashuvlarda jamoa qanday o'ynaydi?

- Biz uchun oson o'yinning o'zi bo'lmayapti. Bir qancha jamoalar mavsumni omadsiz boshlashdi. Tarkib nuqtai nazaridan chempionatga katta umidlar bilan kirib kelgandik. Yuqori o'rinlar uchun kurashamiz deb ishongandik. Mavsum oldidan selekciya uchun murabbiylarga imkoniyatlar yaratib berildi. Murabbiylar shtabi ham chin yurakdan ishlamoqda. Bugun "Olimpik" bizdan ko'ra shakllangan jamoa ekanligini bilib, bir hujumchi bilan o'ynadik. Lekin o'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida himoyaga yotib olib, o'z imkoniyatlarimizni kutib o'ynash noto'g'ri deb hisobladik. 

Ikkinchi bo'limda esa muxlislar va rahbariyatni xursand qilish uchun ikki nafar hujumchi bilan o'ynadik.  Hozircha murabbiylar shtabi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar o'zini oqlamayapti. Yigitlar futbol o'ynay olishadi. Mehmonda esa nisbatan osonroq va kamroq bosim bilan qarshi hujumlarda o'ynayapmiz. "Olimpik" bilan ikkinchi bo'limda hujumkor o'ynashimiz kerak edi. CHunki durang ham bizni qoniqtirmasdi. Lekin afsuski yana gol o'tkazib yubordik va mag'lub bo'ldik. Holatning og'irligidan futbolchilar ham murabbiylar ham tushkunlikka tushishgan. Bundan esa muxlislarning ishonchi, futbolchilar va murabbiylar birgalikda chiqib keta oladi. 

Kubok o'yini bo'lishi jamoaga foydali bo'lishi mumkin. CHunki ayrim poziciyalarda muammolar bor. Zaxirada o'tirib qolganlarni maydonga tushirib, ularni ham sinab olamiz. Keyingi o'yinlarda tarkibda o'zgarishlar qilib, vaziyatdan chiqib keta olamiz deb o'ylayman. CHunki tarkib yomon emas. O'tgan 5 turdan keyin 2 ochko jamg'arish "Turon" uchun yarashmaydigan holat. Rahbariyatni tushunib turibman. Bizga barcha sharoitni yaratib berishdi. Men ushbu vaziyatdan chiqib keta olishimizga ishonaman. Ularning oldida hijolatdamiz va istalgan qarorni hurmat qilamiz. Agarda shu erda ishlab, "Turon"ni Supeligadan tushirib yuborsam, 5 yil davomida murabbiylikni o'rganib yurgandek bo'lib qolaman. Murabbiylik ham oson emas, sog'liq ketadi. Ammo natija bo'lmasa, murabbiyning ishi ko'rinmaydi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика