So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  16 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  11 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Superliga uchrashuvlaridan qolishmaydigan o'yin guvohi bo'ldik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Superliga uchrashuvlaridan qolishmaydigan o'yin guvohi bo'ldik"

Bugun Farg'onada bo'lib o'tayotgan "Hokim kubogi-2022" musobaqasida "Qo'qon-1912" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Saytimiz muxbiri "Qo'qon-1912" - "Andijon-1" (1:0) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdi.





- Murabbiy sifatida shuni aytishim mumkin, "Hokim kubogi" musobaqasiga keyingi yillarda Superliga jamoalaridan ko'proq taklif qilinsa, maydonlar sifati yaxshilansa, o'ylayman-ki, ushbu turnirning darajasi yanada ortadi. Nega deganda, vodiyda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Qish faslida milliy chempionatlarimizda tanaffus yuzaga keladi va muxlislar katta futbolni sog'inib qolishadi. Guvohi bo'lganingizdek, bugun "Andijon"ning ham, "Qo'qon-1912"ning ham juda ko'plab muxlislari stadionga kelib sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashdi.

Bu juda foydali turnir deb hisoblayman. CHunki "Hokim kubogi" musobaqasi orqali jamoaviy o'yinni shakllantirish, yoshlarni va jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.

Biz oldimizga musobaqa g'olibligini maqsad qilib qo'ygandik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va g'oliblikni qo'lga kiritib muxlislar olqishiga sazovor bo'lishdi. Bugungi o'yinda "Andijon" jamoasi ham oxirigacha kurashishdi. Bugungi o'yin finalga xos tarzda o'tdi, Superliga uchrashuvlaridan aslo qolishmadi deb o'ylayman. SHu sababdan ushbu turnirni saqlab qolishda o'z hissalarini qo'shib kelayotganliklari uchun Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Xaitbaevich Bozorovga, viloyat hokimligi mutasaddilariga, tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tgan bo'lardim.

"Hokim kubogi" musobaqasi jamoamizning Superliga o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligining bir qismi bo'ldi. Men jamoamiz azolariga aytganman, o'zini hurmat qilgan futbolchi har qanday musobaqada g'alaba uchun maydonga chiqadi. Superliga jamoalariga musobaqa davomida to'qnash kelmadik, shu sababli hozir o'zimizga yuqori baho berishiz to'g'ri emas. Tayyorgarlik jarayonining bir qismi ushbu musobaqda o'tkazildi, mazkur musobaqada g'oliblikni maqsad qilgan xolda kurash olib bordik.

G'oliblikni qo'lga kiritish hamisha yoqimli bo'lgan. Tayyorgarligimizning qolgan qismini Toshkent shahrida davom ettiramiz. Hozirda jamoamiz optimal sport formasiga kirib ulgurgani yo'q. Jamoaviy o'yinni shakllantirish uchun bu turnir bizga ayni muddao bo'ldi" - deydi "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика