So’nggi yangiliklar

22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  0 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  6 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  3 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  3 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  14 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  13 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  5 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  13 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  12

Baxtiyor Ashurmatov: “Raqib kuchli ekanligini maydonda isbotladi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Raqib kuchli ekanligini maydonda isbotladi”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi:
- Rostini aytganda, “Lokomotiv” jamoasi bugungi kunda jamoamizdan har tomonlama kuchli ekanligini maydonda isbotladi. SHu sababli, “Lokomotiv” haqqoniy g'alabani qo'lga kiritdi. Mag'lubiyatda barchamizning aybimiz bor. Yigitlarda xohish yo'q edi demagan bo'lardim. Negaki ular harakat qilishdi. O'yin boshlarida katta ishtiyoq bilan to'p surishdi. Natijada raqib darvozasi oldida bir-ikkita xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. “Lokomotiv” jamoasi tomonidan urilgan gol esa yigitlarni ruhiy tomondan sindirib qo'ydi. SHu o'rinda muxlislarimizga qoyil qolish kerakligini aytib o'tgan bo'lardim. Garchi 0:2 hisobida yutqazayotgan bo'lsakda, jamoamizni olqishlab qo'llab-quvvatlab turishdi.

Tanaffus paytida yigitlar bilan bo'lib o'tgan suhbat paytida mayli birinchi bo'limda vaziyat shunday tarzda tus oldi. Endi esa o'yingohga kelgan ishqibozlar haqqi hurmati uchun mazmunli tarzda o'ynash kerakligi borasida ko'rsatma berdim. Futbolchilarimiz qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Lekin, “Lokomotiv”ni bizdan har tomonlama kuchli ekanligini tan olish kerak. Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda ham himoyada bo'sh o'yin ko'rsatdik. SHu sababli, himoyada ayrim o'zgarishlarni amalga oshirdik. Bundan tashqari yana ikki kundan “SHo'rtan”ga qarshi chempionatdan o'rin olgan uchrashuvmiz bor. Ayrim himoyachilarimizni g'uzorliklarga qarshi o'yinga avayladik deb aytmagan bo'lardim. So'nggi paytlarda himoyadagi harakatlarimiz meni tashvishga solmoqda. Aynan shuning uchun himoyada o'zgarishlarni amalga oshirishga majbur bo'lmoqdaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика