So’nggi yangiliklar

13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  0 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  10 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  20

Baxtiyor Ashurmatov: "Rahbariyatning daldasi ham yigitlarga qo'shimcha kuch bag'ishladi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Rahbariyatning daldasi ham yigitlarga qo'shimcha kuch bag'ishladi"

“Navbahor” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach har ikki jamoa murabbiylari o'rtasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Baxtiyor Ashurmatov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Bugun o'yindan oldin yigitlarga uchrashuvda oson bo'lmasligini takidlab o'tgandim. Barchaga malumki, “So'g'diyona” jamoasi dastlabki uchta tur yakuniga ko'ra ochko jamg'ara olmagandi. O'z navbatida jamoamiz ham kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmagandik. Aynan shu sababli, muxlislarimizga, qolaversa jamoamiz uchun uch ochko juda muhim edi. Umuman olganda o'yin og'ir bo'ldi. SHunga qaramay, qiyin bo'lsada g'alabani qo'lga kiritdik.

O'z navbatida “So'g'diyona” jamoasiga jangovor o'yin uchun minnatdorchilik bildirib o'tardim. Bugun ajoyib va jangovor o'yin bo'ldi. To'g'ri darvozalar oldida xavfli vaziyatlar kam yaratildi. Lekin, 90 daqiqa davomida maydonda keskin kurash kechdi. Oldingi uchrashuvlarda ijobiy natijalarni qayd eta olmaganimiz o'yingohdagi muxlislar sonini kamayishiga sabab bo'ldi. Ishqibozlarimizni mehrini qozonish va ularni o'yingohga qaytarish uchun kelgusi turlarda munosib o'yin ko'rsatishimiz talab etiladi.

Uchrashuvdan oldin viloyat rahbarlari jamoa echinish xonasiga kirib, futbolchilarga dalda bo'lishdi va bizni qo'llab-quvvatlashdi. Fursatdan foydalanib, jamoamiz azolari nomidan viloyat hokimiga rahmat aytib o'tgan bo'lardim. Rahbariyatni daldasi ham yigitlarga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Bugungi g'alabani jamoamizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Ularga qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Qiyin bo'lsada muxlislarimiz yordamida chempionatdagi dastlabki g'alabamizni qo'lga kiritdik.

Keyingi uchrashuvlarda ishqibozlar kutgan o'yinlarni namoyish qilib, kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman. Yigitlar hozirgi ko'rsatayotgan o'yinlaridan ham mazmunliroq to'p sura olishlariga ishonchim komil. Garchi chempionat endi boshlangan bo'lsada, o'yinimiz musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimizga mos emas. Futbolchilarimiz kelgusida o'z o'yinlarini topib olishadi va shunga mos ravishda musobaqa jadvalida ham yanada yuqoriroqqa ko'tarilishga erishamiz deb o'ylayman.

Melenchuk uchrashuvdan bir necha kun oldin shamollab qolgani uchun mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan qatnasha olmagandi. SHu sababli, darvoza chizig'ida Xurshid Xo'jaevga imkon bergandik. Nazarimda Xo'jaev o'z imkoniyatidan samarali foydalandi. Agarda Xo'jaevni uchrashuv so'nggida yo'l qo'ygan xatosini inobatga olmaganda yaxshi o'yin ko'rsatdi. SHu sababdan keyingi uchrashuvda darvozani kimga ishonib topshirish borasida o'ylab ko'ramiz. Negaki, har ikki posbonimizning imkoniyati bir xil bo'lib turibdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика