So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Kelishilgan o'yinlar terma jamoaga ham salbiy tasir qiladi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Kelishilgan o'yinlar terma jamoaga ham salbiy tasir qiladi"

"Bunyodkor" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab "lochinlar" ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Bunyodkor" bugun haqqoniy g'alabaga erishdi. Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. SHu fursatdan foydalanib Namangandan bizni qo'llab turish uchun kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Hisob 0:1 bo'lib turganida biz tavakkal qilib hujumchilarni tushirdik. Sababi 0:1 ham, 0:2 ham mag'lubiyat. SHu bois hujumchilarni tushrdik. Biroq so'nggi daqiqalarda maydon egalari ikkita gol urib haqli ravishda yirik g'alabaga erishishdi. "Bunyodkor" safida tajribali futbolchilar borligi o'z so'zini aytdi, - deb gap boshladi Baxtiyor Ashurmatov.

- Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov va SHukurali Po'latov "Neftchi"ga qaytishi mumkin? Ularning "Navbahor" bilan amaldagi shartnomasi bor. Men bu futbolchilarga ishonaman, lekin vaziyat shuni taqazo etsa klubga ham, futbolchiga ham maqul bo'lgan qarorni qabul qilamiz.

- Alisher Mahmudov va Otabek Valijonovni bugun asosiy tarkibda tushmagani meni qarorim. Bugun ularni o'rniga Azim Ahmedov va Baxtiyor Yoqubovni tushirdim. Bizda 11ta emas 20dan ortiq futbolchi bor. Bugun kim tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushdi. Biz bir oilamiz, barcha futbolchi menga birdek.

- O'yin oxirida biz hisobni tenglashtirish uchun harakat qildik. Rijko va Berdimurodov kabi himoyachilar oldinga chiqib ketishgan vaqtda raqiblar ikkinchi golni urishdi. O'z xatolarimiz tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik.

- Bu yilgi chempionatimizda qiziqarli o'yinlar juda ko'paydi. Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash boshlangani O'zbekiston futboli uchun faqat foyda bo'ladi. Mana shunday qiyin o'yinlarda toblangan futbolchilar terma jamoada ham yaxshi o'yin namoyish etadi. Agar kelishilgan o'yinlar ko'paysa futbolchilar bor kuchlari bilan o'ynashmaydi hamda terma jamoada pasayish kuzatiladi.

- SHaxboz Erkinovning o'yinidan to'liq qoniqmadim, bugun unda qulay imkoniyat bo'lgandi. Ammo G'ofurov to'pni qaytarib yubordi. Bugun Erkinov o'z darajasida o'ynadi.

- Jamoamiz oliy ligada eng kam byudjetga ega. Ammo shunday bo'lsa ham yigitlarimiz yaxshi o'yin namoyish etishga intilishmoqda. "Barkamol avlod" o'yinlari o'tganidan so'ng biz yangi stadionga ko'chib o'tamiz. SHundan keyin o'yinlarimizga tomoshabinlarning tashrifi ko'payadi deb umid qilaman.

- SHogirdlarimga ishonaman. Agar shunday o'ynashda davom etaversak ijobiy natija o'zini uzoq kuttirib qo'ymaydi.

- Mirjalol Qosimov, Aleksandr Volkov kabi murabbiylar meni ustozlarim hisoblanishadi. Jamoa og'ir vaziyatdan chiqib ketdi va OCHLda yurishini davom ettirmoqda. Agar "Al Hilol" to'sig'idan o'ta olishsa albatta ustozlarimni tabriklab qo'yaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика