So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  54 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Iroqqa qarshi o'yin ikkala jamoa uchun muhim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Iroqqa qarshi o'yin ikkala jamoa uchun muhim"

O'zbekiston - Iroq o'rtoqlik uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Uning ikkinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
“Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik olib borayapmiz. Dubaydagi ushbu yig'inda har kuni ikki mahaldan mashg'ulot olib borayapmiz. SHu bois ham bosh murabbiy Mirjalol Qosimov matbuot anjumaniga kela olmadi”, - deb gap boshladi Ashurmatov.

“Navbatdagi raqibimiz Iroq terma jamoasini kuchli raqib deb bilamiz. Jamoa safida birgina Yunus Mahmudni o'zini takidlab o'tish kifoya bo'lardi. Oldindagi ikki o'yin ham qiziq o'tishini kutayapmiz. Ushbu bahslar ikkada terma jamoa uchun ham kerak. Dubaydagi ikkinchi yig'imiz oldindan tayyorlangan reja asosida ketyapti. Unda jismoniy tayyorgarligimizni yaxshilab olyapmiz”.

“14 dekabr kuni Falastinni 1:0 hisobida mag'lub etdik. Kuni kecha Iordaniya bilan esa ancha mazmunli o'yin bo'ldi. Bu safar hisobda ortda qolib keyin g'alabaga erishdik. Har bir o'yin o'tgan sari futbolchilarimiz bir-birlarini yanada yaxshi tushunib borishmoqda. Bundan tashqarshi, zaxira o'yinchilari ham bizni xursand qilishyapti. Nasib qilsa Avstraliyadagi Osiyo Kubogida yaxshi qatnashamiz”, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi 25 dekabr kuni bo'lib o'tadi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика