So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  24 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  79 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  4 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  18 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Baxtiyor Ashurmatov: "Buxoro"ga qarshi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Buxoro"ga qarshi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik"

Coca-Cola Superliga 1-turidan o'rin olgan “Turon” – “Buxoro” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi va mag'lubiyatga izoh berdi.

“To'g'risi, shuncha ko'rgan tayyorgarligimiz, amalga oshirgan selekciyamiz, rahbarlar va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi – hammasini birgina o'yin yuvib yubordi. Afsuski, buni juda ham uyatli mag'lubiyat deb tariflasa bo'ladi. Son jihatdagi ustunlikdan foydalana olmadik. “Buxoro” bugun o'z mehnati evaziga g'alaba qozondi. Ushbu mag'lubiyatda aybni to'liq o'z bo'ynimga olaman. To'g'ri, ilk turda kutilmagan hisoblar ko'p bo'ldi, lekin bizning o'yin sifatimiz ham ayanchli bo'ldi. Tushkunlikka tushmaslik kerak. O'ylaymanki, jamoamiz o'z o'yinini topa oladi.

Bugun jamoamni tanimadim. Imkoni bo'lganda, tanaffusda bundan ham ko'proq o'zgarishni amalga oshirsam bo'lardi. Tayyorgarlik jarayonidagi o'yinimizdan bugun asar ham yo'q edi. Tarkibimizda tajribali futbolchilar bor va ular xayajonlandi deya olmayman. O'zgarishlar ham o'zini oqlamadi. SHu sabab futbolchilarni ayblamagan bo'lardim. Bugun eng yomon uchrashuvimizni o'tkazdik.

Dastlabki turda “Paxtakor” ham, “Nasaf” ham mag'lub bo'ldi. Har bir bahs murakkab bo'lyapti va ochko qo'lga kiritish imkoniyati bor”, – dedi mutaxassis.



Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика