Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmadik"
29 mar 2014 20:51
Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmadik"
"Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida "Navbahor" ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
"Bugungi o'yinni muxlislar katta niyatlar bilan kutishgandi. Afsuski muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmadik. Yigitlarga bor kuchlari bilan o'ynashganidan xursandman. Durangdan muxlislarimizning kayfiyati tushib ketdi. Lekin ko'rsatgan o'yinimiz uchun olqishlab qo'yishganidan xursand bo'ldim.
Men hakamlik yoki raqib jamoa haqida gapirishni istamayman. Futbolchilarimga doim aytaman, agar raqib futbolchisi maydonda yotganida to'pni chiqarib yuboringlar deyman. Bugun bizni o'yinchilar to'pni atayin maydon tashqarisiga chiqarib yuborgan vaziyatdan so'ng farg'onaliklar to'pni qaytarib berishmadi. Bu feyr pley emas. "Neftchi" murabbiylari qanday ko'rsatma berishganini bilmayman. Balki mag'lubiyatga uchrayotgan vaqtda feyr pley ikkinchi o'ringa tushib qolar.
Keyingi turda "Nasaf"ga qarshi o'yindan oldin nima deya olaman. O'tgan o'yinda Boydadaev yaxshi o'ynagandi, biroq jarohtat tufayli bugun o'ynay olmadi. Yoqubov bugun qizil kartochka oldi. Ammo bu yo'qotishlar bizga tasir qilmasligiga harakat qilamiz.
Hozir PRO licenziyasiga o'qiyotganim uchun barcha mashg'ulotlarda qatnasha olmayapman. Men jamoada futbolchilar va murabbiy o'rtasida yaxshi munosabat bo'lishini istayman. Ikkala tomon ahil munosabatda bo'lsa ijobiy natijalar bo'laveradi. Keyingi turda bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Bugungi xatolardan xulosa chiqarib keyingi bahslarga tayyorlanamiz", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
SHerzod Hamdamov yozib oldi.

Fikrlar