Bundesliga. "Bavariya" o'z uyida taqibchilaridan biri bo'lmish "Xoffenxaym"ga 5 ta gol urdi
08 fev 23:45
Yangiliklar
Bundesliga. "Bavariya" o'z uyida taqibchilaridan biri bo'lmish "Xoffenxaym"ga 5 ta gol urdi
Germaniya Bundesligasi 21-tur doirasidagi "Bavariya" - "Xoffenxaym" o'yini bo'lib o'tdi.
“Bavariya” kutilganidek qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi. Xarri Keyn dubl (20-daqiqa, 45 — har ikkisi penaltidan), Luis Dias xet-trik (45+2, 62, 89) qayd etdi. Raqib esa faqatgina Andrey Kramarichning 35-daqiqadagi goli bilan cheklandi. Shuningdek mehmonlar himoyachisi Kevin Akpogumaning 17-daqiqada maydondan chetlatilganini ham qayd etish lozim.
“Bavariya” 21-turdan so'ng 54 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda, eng yaqin taqibchi bo'lmish “Borussiya Dortmund”da ochkolar soni 48 tani tashkil etadi. Uchinchi o'rinda esa 42 ochko bilan “Xoffenxaym” joylashgan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar