"Bavariya" Xamesni sotib olmaydi
16 noy 2018 13:21
Yangiliklar
"Bavariya" Xamesni sotib olmaydi
Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan "Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Qirollik klubi"ga qaytadi.
Malumotlarga ko'ra, nemis klubi rahbariyati 2019 yilning yozida kolumbiyalik futbolchini 42 mln evroga sotib olmoqchi emas. "Bavariya" bosslari tarkibni yoshartirishmoqchi va pulni 27 yoshli xavbekka to'lagandan, yosh iqtidor egasiga sarflagan yaxshi deb hisoblashmoqda. Klub jamoadagi o'zgarishlar uchun 200 mln evro sarflamoqchi.
Oldinroq, Xames xizmatlariga APL klublari va "Yuventus" qiziqish bildirayotgan edi.
Rodriges joriy mavsum Bundesliganing 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar