“Bavariya” Keyn uchun yaxshilangan taklif bilan chiqishga tayyor
09 iyu 2023 08:17
Yangiliklar
“Bavariya” Keyn uchun yaxshilangan taklif bilan chiqishga tayyor
“Bavariya” hali ham “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko'ra, “Bavariya” hujumchi uchun yaxshilangan taklif bilan chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, Myunxen klubi Keyn uchun 70 million funt (81 million evro) taklif qilishga tayyor. SHu bilan birga, “Bavariya” bu transfer tezroq hal bo'lishini istamoqda.
Avvalroq, “Tottenhem” Keynni sotish niyatida emasligi va unga maoshini sezilarli darajada oshirgan holda yangi shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.
Keynning shartnomasi 2024 yil yozida yakunlanadi. O'tgan mavsumda u jamoasi safida 38 o'yinda 30 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar