"Bavariya" "Atalanta" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
30 mar 2023 16:37
Yangiliklar
"Bavariya" "Atalanta" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi boshqa klubga o'tishga tayyor. "Bavariya" uni qo'lga kiritish uchun "Yuventus" bilan raqobatlashadi.
Qayd etilishicha, Italiya klubi daniyalik futbolchini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda va uni boshqa futbolchi evaziga sotib yuborilishi mumkin bo'lgan Dushan Vlaxovichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Ammo "Bavariya" yangi hujumchiga ko'proq muhtoj. Taxminlarga ko'ra, yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel Xoylund xarid qilinishini xohlaydi.
Hujumchi 2022 yilning yozidan buyon "Atalanta"da o'ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
Xoylund joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 35 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar