"Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" "Jirona"ning 35 mln. evrolik himoyachisiga qiziqmoqda
11 dek 2023 19:43
Yangiliklar
"Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" "Jirona"ning 35 mln. evrolik himoyachisiga qiziqmoqda
"Jirona" chap qanot himoyachisi Migel Guterres Evropaning top klublari qiziqishi doirasiga tushib qoldi.
22 yoshli futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi, bitimdagi tovon puli 35 mln. evro.
Malumotlarga ko'ra, ispaniyalik himoyachiga "Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Real"da Guterresni yozda 8 mln. evroga sotib olish huquqi bor. Qishki transfer oynasida narx hamma uchun bir xil.
"Real" o'z tarbiyalanuvchisini qaytarishi mumkin, ammo ularning asosiy maqsadi "Bavariya"dagi Alfonso Devis.
"Jirona" himoyachini yanvardayoq sotib yuborishni o'ylayapti. Ular futbolchini "Real"ga arzonroqqa berib yubormoqchi emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar