So’nggi yangiliklar

13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  0 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  3 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  17 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  12

"Barselona"ning yangi futbolchisi Oriol Romeu haqida Yangiliklar

"Barselona"ning yangi futbolchisi Oriol Romeu haqida

"Barselona" ajoyib transferga qo'l urdi.

Juda bir g'alati eshitilar, ammo Romeu bugungi "Barselona"ga Serxio Busketsdan ko'ra ko'proq mos tushadi. Jamoaga maydon markazida raqib rejasiyu, hujumlarini buzib tashlaydigan futbolchi etishmayotgandi. Bog'lovchi vazifasini, o'sha Busketsning eng zo'r davridagidek, sifatli bajaradigan, hujumkor yarim himoyachilarning ortida, to'pni olib qo'yishda ular uchur ham ter to'kadigan futbolchi zarur edi.

Frenki de Yongga Kataloniyada aynan shunday sherik etishmayotgandi. Frenki yonida tayanch yarim himoyachi bo'lganida faoliyatining eng yaxshi davrlarini boshidan o'tkazgan. Yoshi ancha o'tib qolgan Buskets bilan u moslashishga, o'zining eng yaxshi hislatlarini qurbon qilishiga to'g'ri kelardi. Romeu bilan uning o'yini qayta ochilishi mumkin bo'ladi.

O'z navbatida Romeudan talab qilinadigan yagona narsa – to'pni olib qo'yib, eng yaqin sherigiga uzatish. Qolgan ishni qiladiganlar etarli: Frenki de Yong, Pedri, Gavi, Gyundogan.

Hozirdan ogohlantirib qo'yaylik Romeu muxlislarni hayratga solmaydi va maydonda yaqqol ajralib turmaydi. Undan mo'jiza kutmang. U tinmay mehnat qiladi va raqibning asabiga tegadi. Romeu o'zi uchun to'langan besh millionning har bir sentini oqlaydi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика