So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

“Barselona”ni engilmas jamoaga aylantiradigan kuchlar Yangiliklar

“Barselona”ni engilmas jamoaga aylantiradigan kuchlar

Kataloniya klubi har bir muxlisining orzusi.

2018/19 yilgi mavsumni “Barselona” uchun o'ta omadli o'tdi yoki muvaffaqiyatsiz yakunlandi deb bo'lmaydi. To'g'ri, Primerada ishonchli g'alabaga erishdi, lekin CHempionlar Ligasi yarim finalida “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi. Yutqazganda ham birinchi o'yinda kattagina farq qilib olib, yutqazib qo'ydi. Agar ikkala o'yinda ham mezbonlar kichik ustinlikdagi g'alabalarni nishonlashganda, balki ispanlar uchun bu qadar og'riqli zarba bo'lmasdi. Ispaniya Kubogida esa “Valensiya” kutilmaganda finalda g'alabaga erishib, sovrinni ilib ketdi.

“Barsa” ancha vaqtdan buyon CHempionlar Ligasi bosh mukofotini qo'la kirita olmayapti. Hattoki, juda qimmat transferlar ham (Filippe Koutino va Usman Dembele) kataloniyaliklarga yordam bera olmadi.

Hozirda Ernesto Valverdega juda katta bosim o'tkazishmoqda. Ha, “Ayaks”ning yosh o'yinchisi Frenki de Yong murabbiyning ixtiyoriga o'tdi, ammo buning o'zi kamlik qiladi. Ana, oddiy misol, tarkibi shundoq ham kuchli “Yuventus” kimlarni olyapti, ikkita, agar ko'proq bo'lmasa, teng kuchli tarkibga o'yinchisi etarli “Manchester Siti”chi? SHunday ekan Ispaniyaning amaldagi chempioni ham bozorda xushyor bo'lishi darkor. Bugun “Barselona”ni engilmas jamoaga aylantira oladigan kuchli o'yinchilar haqida suhbatlashamiz.

5. Matteys de Ligt

Oxirgi ikki oyda OAVda u yoki bu top klub xarid qilishni istagan futbolchi sifatida De Ligt ismi eng ko'p yangradi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Voqealar rivoji shunday tus olgandiki, ertaga bo'lmasa, indinga u “Barselona”ga o'tgani elon qilinadigandek edi. Ammo hamon jimlik.

“Ayaks” ichki chempionatda va Gollandiya Kubogini qo'lga kiritishida, hamda ECHL yarim finaliga chiqishida Gollandiyada “yil o'yinchisi” bo'lgan de Ligtning mehnati katta.

Bugungi kunda esa himoyachini bir nechta grand jamoalar, jumladan PSJ, “Yuventus”, “Bavariya”, “Manchester Yunayted”… va hattoki “Real” ham yosh iqtidor transferiga qiziqish bildirdi.

19 yoshli futbolchi yosh bo'lishiga qaramay, shu qadar xotirjam o'ynamoqdaki va etakchilik hislatlarini yaqqol namoyon qilmoqda. U juda yaxshi sakray oladi va aniq paslar etkazib beradi. Aynan u katalonlar uchun eng muqobil variantlardan biridir. Lekin oxirgi kunlarda futbolchi Turinga yo'l olishi haqida gaplar avjiga chiqmoqda. 

4. Xunior Firpo

“Betis”ning 23 yoshli futbolchisi Xunior Firpo Evropaning eng ko'zga ko'ringan yosh chap qanot himoyachilaridan biri sanaladi. Kelib chiqishi dominikanlik ispan futbolchisi o'tgan mavsum ajoyib ko'rsatkich qayd etdi. SHu sababli, “Barselona” 30 yoshni qarshilashga ulgurgan Jordi Albaning o'rniga kuchli o'yinchi topish haqida o'ylab ko'rishining vaqti keldi.

Firponing birgina "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (4:3)dagi ulushini ayting. U hujumda ham, himoyada ham zo'r o'ynaydi. U asosiy tarkibda tushgan 22 o'yinda 3ta gol urdi va 4ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi hamda ko'plab golli vaziyatlar yaratib berdi.

3. Villian

Villian – Evropa futbolidagi eng stabil yarim himoyachilardan biri sanaladi. Boshqalardan farqli o'laroq, u umidli yosh futbolchi emas, balki tayyor, natija bera oladigan o'yinchilar sirasiga kiradi. Malkom jamoada hamon o'z o'rini topa olmay turgan bir paytda, “Barselona”ga yana bir o'yinchi juda zarur.

To'g'ri, braziliyalik 30ga kirgan, ammo u yuqori darajada o'ynashda davom etmoqda va tezligi ham, texnikasi ham sustlashgani yo'q. “Kamp Nou” yulduzi bo'lish uchun Villianda barchasi mavjud.

2. Antuan Grizmann

Grizmann “Atletiko”ni tark etishini malum qilganidan so'ng, “Barselona” francuzning yangi jamoasi bo'ladi deb ishonch bilan gapirishgan edi. Jahon chempioni uzoq yillardan buyon ajoyib o'yin ko'rsatib, ko'pchilikning etibor markazida bo'lib kelmoqda.

Forvard, deyarli barcha poziciyada birdek foyda keltira oladi. Grizmann “Barselona”da o'zini uyidagidek his qilishi aniq. Dembele va Koutino Ispaniyada o'zini etarlicha ko'rsata olmadi. SHuning uchun, jamoaga o'zini darhol namoyon qila oladigan haqiqiy yulduz kerak.

1. Kristian Eriksen

Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bir necha yildan buyon “Tottenxem”da faoliyat yuritib kelmoqda. Mavsum so'ngida Eriksen “shporlar” safidan ketishini malum qildi: “Menimcha, yangilik qilish, yangi narsalarni sinab ko'rish vaqti keldi”.

Daniyalik 2013 yildan buyon Londonda yuqori darajadagi stabil o'yin namoyish etib kelmoqda. U kreativ, ishonchli va standartlarda juda foydali o'yinchilardan biri. Uning o'rtacha ko'rsatkichi –  2,5 hal qiluvchi to'p oshirish yoki zarba. “Barsa” Eriksen bilan yanada kuchayishi turgan gap. Ammo avvalroq daniyalik Madriddan uy qidirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Har holda futbolchi "Barselona" mashg'ulotlariga Madriddan qatnamasa kerak!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика