"Barselona" yangi mavsum uchun libosini taqdim etdi
18 iyu 2024 13:41
Yangiliklar
"Barselona" yangi mavsum uchun libosini taqdim etdi
"Barselona" 2024/25 mavsum uy o'yinlarida qaysi liboslarda o'ynashini ko'rsatdi.
Nike brendi tomonidan ishlab chiqilgan forma ananaviy ranglarda (ko'k-anorrang). "Barselona"ning 125 yilligiga bag'ishlangan futbolka dizayni jamoaning ilk libosidan olingan. Klub emblemasi markazda joylashadi.
"125 yillik yubileyimizni nishonlash uchun “Barselona”ning 2024/25 yilgi futbolkasi klub merosi, tarixi va kelib chiqishidan ilhomlangan. Asosiy ranglar sifatida ko'k anorrangdan foydalanib, jamoaning butun tarixi davomida o'zligini aks ettiruvchi maxsus, o'ziga xos va ramziy dizayn yaratilgan" — deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar