"Barselona" Xitoyda akademiya ochadi va jamoada xitoylik futbolchini ko'rmoqchi
07 mar 2017 15:51
Yangiliklar
"Barselona" Xitoyda akademiya ochadi va jamoada xitoylik futbolchini ko'rmoqchi
Malumotlarga ko'ra, mamlakatning janubiy provinciyasi Xaynyanda "Barselona"ning mashhur akademiyasi "La Masiya" uslubida ishlaydigan futbol akademiyasi ochiladi. Qurilishiga 8,5 mln. evro ketadigan maktabda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar shug'ullanishadi. Bundan tashqari, akademiyada mashhur mutaxassislar "Barselona"ning sobiq futbolchilari ishlashadi.
"Barselona" xitoyliklar bilan hamkorlik qilib, 2050 yilda 50 ta futbol akademiyasiga egalik qilmoqchi bo'lgan mamlakatga yordam beradi.
"Xitoy Superligasida yildan-yilga mashhur futbolchilar soni ortib boryapti. Ammo mamlakatda futbolni rivojlantirib, milliy birinchiligimiz va Evropa klublarida xitoylik futbolchilarni ko'rishimiz mumkin. Xaynyandagi akademiya o'yinchisini "Barselona"da ko'rishga umid qilamiz" - deydi Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu.
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar