So’nggi yangiliklar

01:32Европа лигаси. "Ноттингем Форест" аранг вазифани бажарди ва бошқа натижалар  2 00:57АПЛнинг уч клуби ва саудияликлар тўпурар ҳужумчи учун курашмоқда  0 00:38"Реал"нинг февраль ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 00:13Инфантино Эроннинг ЖЧ-2026даги иштироки ҳақида: "Биз футбол орқали барчани ҳамжиҳат қилишни тарғиб қилмоқчимиз"  6 23:50Суперлига. "Бухоро" – "Динамо" 3:1   2 23:35"Челси" ҳимоячиси 1 ярим ойга сафдан чиқди  0 23:11ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  2 22:55Факт: "Нефтчи" ўз майдонида "Локомотив"ни 15 йилдан буён мағлуб эта олмаяпти  4 22:20Суперлига. "Андижон" – "Машъал" 2:0  2 22:19Александр Хомяков: "Жамоамиз характер кўрсата олди"  10 21:52Вадим Абрамов: "Бухоро" жамоасида ғалабага иштиёқ кўпроқ кўринди"  9 21:37"Реал" Камавингани сотиши мумкин. Даъвогарлар маълум  3 21:08Самвел Бабаян: "Икки мағлубиятдан сўнг ғалаба қозониш ўта муҳим эди. Янги жамоа туздик, бизга бироз вақт керак"  16 20:47Игорь Суров: "Бир киши кам бўлиб қолмаганимизда умуман бошқача ўйин бўларди"  1 20:25ОФК 2031 ва 2035 йилги Осиё Кубоги мезбонлиги танлови жараёнини тўхтатди  4

"Barselona" tarixidagi ettinchi portugaliyalik Yangiliklar

"Barselona" tarixidagi ettinchi portugaliyalik

Xabaringiz bo'lsa kerak, Barselona Valensiyaning portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomeshni rasman o'z tarkibiga qo'shib oldi.

22 yoshli futbolchi Barselona klubi tarixidagi 7-portugaliyalik futbolchiga aylandi. Ungacha Barselona safida Luish Figu, Viktor Baiya, Fernando Kuto, Simao Sabroza, Rikardo Kuarejma va Dekular kataloniyaliklar sharafini himoya qilishgan. Yana bir Xorxe Alberto Mendonka ismli futbolchi ham 1967 - 1969 yillar oralig'ida Barselona uchun o'ynagan. Quyida Barselona safida o'ynagan futbolchilar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz:

Luish Figu: 1995 - 2000 yillar oralig'ida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 249 o'yinda maydonga tushib, 45 gol urishga muvaffaq bo'lgan va 6 sovringa ega chiqqan. Lekin Figu Barselona klubi sardori bo'lishiga qaramay Madridning Real klubiga o'tib ketgan.

Vitor Baiya: bu futbolchi Barselona tarkibida 1996 - 1999 yillarda harakat qilgan va 55 uchrashuvda maydonga tushgan. Bu vaqt oralig'ida kataloniyaliklar 6ta sovrinni qo'lga kiritgan Viktor 1999|2000 yillarda mavsumda Portuga qaytdi. Barselona bu futbolchini aynan Portudan xarid qilgan edi.

Fernando Kuto: o'ynagan yillari 1996 - 1998. Barselona libosida 63ta uchrashuv o'tkazgan himoyachi rasmiy uchrashuvlarda o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'ygan va 6ta sovringa ega chiqqan. Kataloniyaliklar safiga Parmadan kelib qo'shilgan futbolchi 1998 yili Italiyaning Lacio jamoasiga o'tdi. U erda olti yilni o'tkazib yana Parmaga qaytgan.



Simao Sabroza: 1999 - 2001 yillarda Barselonada harakat qilgan Sabroza 71 uchrashuvda maydonga tushgan va o'z hisobiga 4ta gol yozdirib qo'ygan. Ispaniyada uch yil ichida Simao kataloniyaliklar bilan 1 sovrin yutdi. SHundan so'ng, Portugaliyaga qaytgan futbolchi oldin Sporting, keyinchalik Benfika jamoalarida o'ynadi.

Rikardo Kuarejma: Barselona safida bir mavsum (2003|2004) harakat qilgan futbolchi 30 uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta gol urgan. Kuarejma o'ynagan mavsumda Barselona sovrin yuta olmagan (primeroda 2-o'rin, ECHLda 1|8 final). SHundan so'ng, portugaliyalik futbolchi Sporting klubiga ko'chib o'tdi.

Deku: Deku Barselona bilan eng ko'p sovrin yutgan portugaliyalik futbolchi sanaladi. 2004-2008 yillar oralig'ida kataloniyaliklar safida 164 o'yin o'tkazgan futbolchi o'z hisobiga 23ta gol yozdirib qo'ygan va jamoa bilan 7ta sovrinni qo'lga kiritgan. Barselonada ajoyib davrlarni boshidan o'tkazgan Deku 2008 yili Angliyaga yo'l oldi va CHelsi azosiga aylandi.

Ko'ramiz Andre Gomeshning Barselonadagi yurishi qanday kecharkin.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика