"Barselona" sotmaydigan futbolchilar ro'yxati aniq
24 iyu 2024 11:30
Yangiliklar
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yozda sotilmaydigan futbolchilarni aytib o'tdi, chunki ular klub loyihasini amalga oshirishda asosiy o'yinchilar hisoblanadi.
6 nafar daxlsiz o'yinchi nomi aniqlandi. Bular – darvozabon Mark-Andre ter SHtegen, himoyachi Pau Kubarsi, yarim himoyachilar Gavi, Pedri, Fermin Lopes va hujumchi Lamin Yamal. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
"Barselona"ning ushbu o'yinchilarni saqlab qolishga bo'lgan qatiyati "La Masiya"ning klub falsafasidagi o'rnini ifodalaydi. Yosh istedodlarni rivojlantirishga qaratilgan etibor "Barselona"ning o'ziga xosligi va qadriyatlarini uzoq yillar davomida saqlab qolishni vada qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar