"Barselona" Nike bilan kelishilmagan futbolkalar tufayli 1,5 mln evro yo'qotishi mumkin
20 dek 18:16
Yangiliklar
"Barselona" Nike bilan kelishilmagan futbolkalar tufayli 1,5 mln evro yo'qotishi mumkin
"Barselona" yilning birinchi yarmida, Nike bilan shartnoma kelishib olinmasidan oldin boshqa brendlar bilan hamkorlik qilish va hatto o'z formalarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini o'rganib chiqayotgandi.
Takidlanishicha, kataloniyaliklar taxminan 150 000 ta futbolka ishlab chiqargan, ularning har biri taxminan 10 evroga tushgan. Endi "ko'k-anorranglilar" ular bilan nima qilishni bilmayapti.
Muammo shundaki, "Barselona" zaxiralarni sotish uchun Nike'dan ruxsat olishi kerak (jumladan, uni muxlislarga tekinga berish). SHu munosabat bilan liboslar ishlab chiqarishga sarflangan 1,5 mln evro shunchaki havoga sovurilishi mumkin.
Fikrlar