"Barselona" ikki futbolchini sotib olishga harakat qiladi
06 fev 2024 21:28
Yangiliklar
"Barselona" ikki futbolchini sotib olishga harakat qiladi
Deku bu boradagi ishlar haqida fikr bildirdi.
"Barselona" direktori Deku Kataloniya klubining hujumchi Joau Feliks va himoyachi Joau Kanseluni sotib olish borasidagi ishlari haqida gapirdi.
"Kanselu yaxshi harakat qilmoqda, Feliks ham juda yaxshi boshladi va bizga juda muhim ochkolarni keltirdi. Bu ko'plab omillarga bog'liq bo'ladi. Biz ikki futbolchi bilan ham shartnoma imzolashga harakat qilamiz", – dedi Deku.

Eslatib o'tamiz, Joau Feliks Ispaniyaning "Atletiko", Joau Kanselu esa Angliyaning "Manchester Siti" jamoasidan ijaraga olingan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar