"Barselona" ECHLni tark etsa, 21 million evro yo'qotadi
13 okt 2022 19:54
Yangiliklar
"Barselona" ECHLni tark etsa, 21 million evro yo'qotadi
Bu haqida ispan nashrlaridan biri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" ECHL guruh bosqichidan chiqa olmasa, 21 million evro mukofot pulidan mahrum bo'ladi. "Barselona" direktorlar kengashi avvalroq 2022/2023 yilgi mavsum uchun byudjetni tasdiqlagan va moliyaviy prognozlar ECHL chorak finalini ham o'z ichiga olgandi.
Eslatib o'tamiz, ECHLning 4-turidan so'ng guruhda "Bavariya" 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Inter"da 7 ochko mavjud bo'lsa, "Barselona" 4 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Autsayder sifatida esa birorta ochko ololmagan "Viktoriya" joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar