"Barselona" Busketsning o'rinbosari borasida bir qarorga keldi
12 fev 2024 13:04
Yangiliklar
"Barselona" Busketsning o'rinbosari borasida bir qarorga keldi
Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar sport direktori Deku allaqachon orzusidagi nomzodini aniqlab olgan.
Serxio Buskets joriy mavsum boshlanishidan oldin Kataloniya poytaxti bilan xayrlashdi.
Moliyaviy muammolar tufayli "Barselona" faqat Oriol Romeuni taklif qila oldi. 3,4 million evroga sotib olingan futbolchi Busketsning munosib davomchisi ekanligini isbotlay olmadi. Bir qator o'yinlarda 32 yoshli futbolchi kerakli saviyani ko'rsata olmadi va shu tariqa tarkibdagi o'rnini boy berdi.

SHu boisdan himoyachining transferi Ispaniya chempioni uchun ustuvor vazifa bo'lishi kerak. Klubning maqsadi – Amadu Onana. Belgiyalik futbolchi "Everton" safida 2022 yildan buyon to'p tepadi. Joriy mavsumda u "irislar" safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Daily Sport" nashrining xabar berishicha, Deku allaqachon Onana bilan bog'langan. Sport direktori 22 yoshli futbolchiga "Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlari haqida malumot berdi.
Kataloniyaliklar u uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor, biroq "Everton" hozirda o'zining yulduz futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar