"Barselona" boshqaruvi azosi klub Holand bilan bitim tuzishi mumkinligini aytdi
27 fev 15:56
Yangiliklar
"Barselona" boshqaruvi azosi klub Holand bilan bitim tuzishi mumkinligini aytdi
Bazan klub maosh limitiga rioya etish uchun turli yo'llarni izlashga majbur bo'ladi. Biroq bu "ko'k*anorranglilar"ning top darajadagi futbolchilar haqida orzu qilishiga to'sqinlik qilmayapti.
Prezident Joan Laporta davrida ko'p yillardan beri Boshqaruv kengashi azosi bo'lib kelayotgan Joan Solerning aytishicha, klub Xulian Alvares yoki Erling Holand kabi yuqori saviyadagi hujumchilarni taklif qilish imkoniyatiga ega, chunki bunday transferlar o'zini oqlaydi. Shu bilan birga, "Barselona" bunday transferlarning moliyaviy jihatini ham doim hisobga olishi kerak.

"Ha, biz Alvares yoki Holand kabi o'yinchilar bilan bitim imzolashimiz mumkin. Bu transferlar besh yil ichida o'zini oqlaydi va "Barselona"ning moliyaviy holati bunga tayyor. Biroq baribir klub maoshlar tuzilmasi bo'yicha majburiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishi kerak. Biz o'zimiz uchun limit belgilaganmiz va uni oshirmaymiz. Biz o'yinchilarni bozor narxida qo'lga kiritishimiz kerak, shu bilan birga, maoshlar masalasini etibordan chetda qoldirmasligimiz lozim", – dedi Soler.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Хар хил пичинг гаплар билан ўзларинг гап бошлайсизлар. Аммо биз гапирсак тағин хафа бўласизлар)
Охирги ўн йилда 15 та халқаро кубок ютган жамоа учун бир икки мавсум пасайиш бўлиши қўрқинчли эмас.
Ё
Энг ёмони жамоанг 11 йил ичида энг пик даражага етган даврда хам ЧЛ финалига чиқа олмаслик)