"Barsa" 40-50 mln evro evaziga Pau Torresni xarid qilish mumkin
23 iyu 2022 16:04
Yangiliklar
"Barsa" 40-50 mln evro evaziga Pau Torresni xarid qilish mumkin
"Barselona" "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya klubi 25 yoshli futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Pauning o'zi "Barsa"ga o'tishga tayyor, "Vilyarreal" esa uning ketishiga qarshi emas.
Jurnalist Xose Alvares Gayya "Barsa" Torres borasida taklif berdi. "Vilyarreal"ga pul kerak – bundan tashqari, bitimga "ko'k-anorranglilar" o'yinchilaridan biri qo'shilishi mumkin. Masalan, Abde Ezzalzuli.
Pauning "Barsa"ga o'tishi 40-50 mln evroga baholanmoqda. O'yinchi Kataloniya klubida o'ynash imkoniyatidan xursand.
Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi o'tgan mavsum "Vilyarreal" safida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar