So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Barkamol avlod-2014. Mezbonlar bahslarda qatnashmaydi Yangiliklar

Barkamol avlod-2014. Mezbonlar bahslarda qatnashmaydi

Bugun Namangan shahrida mamlakatimiz kasb-hunar kollejlari va akademik liceylari o'quvchilarining ananaviy “Barkamol avlod - 2014” sport o'yinlari respublika final bosqichi bahslari start oladi.
Rejaga ko'ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston respublikasi va barcha viloyatlar terma jamoalari soat 12.30 gacha Namangan shahriga etib keladi.

Musobaqa dasturidan joy olgan 16 sport turi, jumladan, futbol uchrashuvlariga qiziqish juda baland. Taqvimga ko'ra, barcha jamoaviy sport turlari bo'yicha bahslar bugun kunning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

Millionlar o'yini - futbol musobaqasi “Barkamol avlod” sport majmuasi stadionida o'tkaziladi. Unda mintaqaviy bahslarda g'olib chiqqan to'rtta jamoa - Toshkent shahri, Sirdaryo, Qashqadaryo hamda poytaxt viloyati vakillari medallar uchun kurash olib boradi. G'olib nomiga uch tur yakuniga muvofiq oydinlik kiritiladi. Ajablanarlisi, mezbonlar - Namangan viloyati yoshlari poytaxtimizda o'tkazilgan saralash uchrashuvlarida final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kirita olishmagan. SHunga qaramay, futbol o'yinlariga qiziqish juda yuqoriligi tahsinga loyiq.

29 may kuni bo'ladigan dastlabki turni Qashqadaryo - Toshkent  viloyatlari terma jamoalari boshlab beradi. Uchrashuv soat 16.00 da boshlanadi. Ikkinchi juftlik uchrashuvi 17.10 da boshlanishi belgilangan. Unda Sirdaryo viloyati - Toshkent shahri yosh futbolchilari o'zaro kuch sinashadi.

Qolgan uchrashuvlar taqvimi:
30 may

Toshkent viloyati - Toshkent shahri
Qashqadaryo - Sirdaryo

1 iyun
Toshkent - Sirdaryo
Qashqadaryo viloyati - Toshkent shahri.

Eslatib o'tamiz, “Barkamol avlod - 2014” sport o'yinlari respublika final bosqichining tantanali ochilish marosimlari bugun oqshom Namangandagi “Navbahor” stadionida bo'lib o'tadi.

Erkin XOLBOBO
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика