So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Barcha jamoalar uchun teng sharoit va bir xil start - Germaniya kubogi Yangiliklar

Barcha jamoalar uchun teng sharoit va bir xil start - Germaniya kubogi

Teglar :  Germaniya kubogi
Germaniya kubogiga bugun start beriladi.

Germaniya kubogida jami 64 jamoa ishtirok etadi. Germaniya kubogini qo'lga kiritish yo'lida Bundesliga, Bundesliga 2, Regional liga, Uchinchi liga ishtirokchilari kurash olib borishadi. Germaniya kubogining ilk raundidanoq "Bavariya" va boshqa Bundesliga ishtirokchilari qatnashishadi. Germaniyada chorak finaldan yoki 1/16 finaldan qo'shilish degan qoida yo'q. Barcha jamoalar hamma qatori ishtirokni boshlaydi. O'yinlar bir uchrashuvdan iborat bo'lib, mezbon jamoa nomi qura orqali aniqlanadi. Faqatgina dastlabki raundda Bundesliga ishtirokchilari o'z uchrashuvlarini safarda o'tkazishadi. Germaniya kubogining har raundidan keyin qura tashlash orqali jamoalar o'z raqiblarini bilib olishadi.

Germaniyada kubok musobaqasiga etibor nihoyatda katta. Bu erda boshqa evropa chempionatlari kabi jamoalar ikkinchi nigoh bilan qarashmaydi. Yani, Bundesliga jamoasi bo'ladimi yoki boshqa barcha birdek ushbu musobaqada g'oliblikni ko'zlaydi. Bir o'yinlik uchrashuvlar esa autsayder jamoalarga ham imkoniyat taqdim etishi aniq.

Bugun start oladigan Germaniyada kubogidagi ilk bahs "SHvaynfyurt" hamda "SHalke" o'rtasida kechadi. Bundesliga grandi Regional liga vakili uyiga safar qiladi.  Bundesliganing boshqa azosi "Nyurnberg" esa ertaga "Links" jamoasi mehmoniga aylanadi. "Xoffenxaym" "Kayzerslautern"ga safar qiladi. "Bo'rilar" - "Volfsburg" esa mehmonda "Elfsberg" bilan kuch sinashadi. Germaniya chempioni va kubok finalchisi "Bavariya" esa ertaga "Droxtersen" mehmoni bo'ladi. Kubok sohibi "Ayntraxt" esa "Ulm" bilan mehmonda bahs boylaydi.


Germaniya kubogi bugun uchta o'yin orqali start olsa, ertaga va indinga ham davom ettiriladi. Birinchi raundning oxirgi o'yini 20 avgust (dushanba) kuni Dortmundning "Borussiya" jamoasi va "Groyter Fyurt" uchrashuvi orqali yakuniga etadi.


Germaniya kubogi, 1-raund.

17 avgust, juma

18 avgust, shanba

19 avgust, yakshanba

20 avgust, dushanba


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика