So’nggi yangiliklar

08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  0 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  2 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  5 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2

Bahrom Haydarov: "Futbolchilar murabbiysiz ham g'alaba qozonsa bo'ladi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Futbolchilar murabbiysiz ham g'alaba qozonsa bo'ladi"

Superliganing 14-turida "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yinin yaxshi boshladik, natijasi gol bilan tugadi. Birinchi goldan keyin yigitlarni boshqarolmay qoldik, ular bo'shashishdi va to'pni ko'proq ushlashga o'tib olishdi. Bo'shashish sababli gol o'tkazib yubordik. Agarda o'yinning qolgan qismini boshlaganimiz kabi davom ettirganimizda gollar o'tkazib yubormasdik. Ikkinchi bo'limda raqib bir kishi kam bo'lib qolganida futbolchilar masuliyatni bo'yniga olishlari kerak. Lekin bizda bunday bo'lmadi. Barcha futbolchilarimiz to'pni ushlab turib, jarima maydonchasi ichiga yorib kirishdan qo'rqdi. Raqib 10 kishi bo'lib qolgani sababli chuqur himoyalanishga majbur bo'ldi, bunday paytda albatta, qanotlardan ham uzatmalar bo'lishi kerak. Bunday holatda biror futbolchi individual mahorat evaziga masuliyatni bo'yniga olishi kerak edi. Keyinchalik qarshi hujumda ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Umumiy o'yin bo'yicha muammolar yo'q edi. Nafaqat gol urishda, balki ko'p epizodlarda ruhiy holatja muammolar va mahorat etishmayapti. Oddiy joylarda to'pni yo'qotib qo'ysak, bizga qarshi golli hujumlar bo'lmoqda. Shuni hisobiga mag'lub bo'ldik deb o'ylayman. O'yinni taxlil qilib chiqish kerak.

- Bu jamoaning ketma-ket oltinchi mag'lubiyati bo'ldi. Bunda murabbiylar shtabining ham aybi bordir?

- Albatta. Bugun epizodlarni gapirgan bo'lsam, umumiy 6 o'yinda mag'lub bo'ldik. Bunda faqatgina futbolchilarning emas, biz murabbiylarning ham aybi bor. Chunki ko'p qarorlarni bosh murabbiy, yani, men chiqaraman. "Mashal"ga qarshi o'yindan keyin rahbariyat bilan gaplashgandik. Ularga rahmat aytaman, bizga ishonib, ishlashda davom etyapmiz. Natija uchun kurashyapmiz, lekin bu juda qiyin bo'lmoqda. Lekin bizga shu holatdan o'tib ketish uchun bitta qadam etishmayapti. Jamoani olib chiqib keta olamiz. O'tgan yili Pro-ligada ham shunday holatlar bo'lgandi. Oldimizda birinchi davraning so'nggi o'yini kutib turibdi. Bunda jamoa maksimal kuch bilan o'ynab, 3 ochko uchun jonini beradi. Boshqa ilojimiz yo'q. Shu o'yindan keyin jamoani kuchaytirishga, ikkinchi davraga yaxshi tayyorlashga va selekciya orqali jamoaga futbolchi olib kelishga vaqt bo'ladi. Murabbiylar shtabiga kelsak, biz halol yo'l bilan ishlayapmiz. Buning ustida biz ham ishlaymiz. Har doim har bir o'yindan keyin o'zimizga savollar beramiz. Futbolchilar ham shuni his qilishlari kerakki, uchralgan olti mag'lubiyatning birortasida murabbiysiz ham yutsa bo'lardi, futbolchilik paytimizda shunday bo'lgan. O'zlariga ham aytganman, mana interyuda ham aytaman: futbolchilar o'zlari yig'ilib, murabbiysiz ham bir o'yinni yutsa bo'ladi. Bu orqali futbolchilarga aybni to'nkab qo'ymayapman. Biz o'zimizni topib olishimiz kerak, futbolchilar ham keyingi o'yinlar uchun o'zlari to'planishsa yaxshi bo'lardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика