Bahrom Hakimov: "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi shiddatli o'tadi
27 mar 2014 16:56
Yangiliklar


Bahrom Hakimov: "So'g'diyona" - "Dinamo" uchrashuvi shiddatli o'tadi
Taniqli mutaxasis, sobiq murabbiy Bahrom Hakimov Erudit Sport nashrida 3-tur uchrashuvlari oldidan fikrlarini bildirarkan, Zominda o'tadigan So'g'diyona - Dinamo uchrashuviga to'xtalib o'tdi.
- Dinamo o'tgan turda Samarqandda ishonchli g'alabaga erishdi. Lekin Zomindagi stadion maysasi qanday holatda ekanligini bilmayman. SHunisi aniqki, “So'g'diyona” o'z maydonida dastlabki g'alabasiga erishish uchun barcha imkoniyatdan foydalanadi. Lekin Dinamoning ham hozirda kayfiyati yaxshi, shu bois jamoa navbatdagi g'alaba uchun qattiq kurashadi. Zominda shiddatli o'yin bo'ladi. Har ikki jamoaning ham g'alaba uchun imkoniyati teng deb o'ylayman, - deydi qo'qonlik mutaxasis.
Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi o'tgan yilgi Zomindagi o'yinda jizzaxlik futbolchilar 4:3 hisobidagi g'alabaga erishgandilar.
Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi o'tgan yilgi Zomindagi o'yinda jizzaxlik futbolchilar 4:3 hisobidagi g'alabaga erishgandilar.

Fikrlar