So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Bahodir SHaymardonov: “Vazifani hali to'liq bajara olmadik” Yangiliklar

Bahodir SHaymardonov: “Vazifani hali to'liq bajara olmadik”

Birinchi liganing 21-turidan o'rin olgan "G'ijduvon" – "Bunyodkor-2" (6:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun yaxshi o'ynadik va haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdik, - deya gap boshladi SHaymardonov. Bahs avvalida yigitlar chiroyli o'yin ko'rsatish va stadionga yig'ilgan muxlislarga bayram shukuhini taqdim etishni rejalashtirgan holda maydonga chiqdi. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, afsuski, ulardan foydalana olmadik. Penaltidan ham gol ura olmadik. Qisqasi, istagancha gol urdik. CHiroyli bahs bo'ldi.

- Bugun ko'p to'p olib chiqdingizlar. Bu nima bilan bog'liq?
- Bizda ikkita davrozabon bor. Har ikkisiga ham o'yin amaliyotini taqdim qilishni istaymiz. Bugun ikkinchi raqamli darvozabonimizga imkoniyat berdik. To'p olib chiqqan vaziyatlarda kutilmagano holat yuz berdi va kutilmagan holatda to'p olib chiqdik. Bu o'yinga qadar bitta o'yinda uchta to'p olib chiqmagan edik.

- Pro-liga uchun kurashda jamoangizning imkoniyatini qanday baholaysiz? Vazifa deyarli qo'lga kiritildimi?
- Biroz shoshilmaganimiz maqul. CHunki “Navbahor-Farm” va “Neftgazmontaj” o'yiniga qadar hech narsa ayta olmaymiz. Agar shu o'yinda durang qayd etilsa yoki “Navbahor-Farm” mag'lubiyatga uchrasa, shunda vazifani to'liq bajardik deb o'ylayman. Lekin biz so'nggi turda ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz va vazifani butunlay hal qilishni istaymiz. Rahbariyatimiz bizga barcha sharoitlarni yaratib berdi va vazifani bajarishimiz kerak.

- Bu yil jamoada to'p surayotgan legionerlarning o'yinidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- To'purar bo'lib turgan legionerimiz o'yinidan qoniqish hosil qilmoqdaman. U maydonda katta xajmdagi ishlarni bajaradi. Mehnatkash yigit va borini berib to'p tepadi. Agar unga doimiy ravishda to'p uzatadigan yaxshi futbolchi bo'lganida, uning gollari soni yanada ko'p bo'lardi.

- Uning keyingi taqdiri borasida nima deya olasiz?
- Songni jamoa bilan shartnomasi bor. Keyingi yil Pro-liga bahslarida ham u jamoamizda qoladi va bizga yordam berishiga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика