So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Bahodir SHaymardonov: "Pro-liga o'yinlari Superligadan qolishayotgani yo'q" Yangiliklar

Bahodir SHaymardonov: "Pro-liga o'yinlari Superligadan qolishayotgani yo'q"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "G'ijduvon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Har ikki jamoa butun o'yin davomida faol harakat qildi. Bugungi o'yinda ishtiyoqimiz baland edi, Muborakka g'alaba istagida kelgandik. Vaziyatlar yaratayapmiz, ammo yakuniy zarbalarda kamchiliklarimiz borligi ko'rinib qoldi. Ishlashda davom etamiz. Nasib bo'lsa keyingi turda astoydil harakat qilib navbatdagi bosqich masalasini hal etamiz degan umiddamiz.

- Bugun "Mashal" ko'rsatgan o'yindan ularga keyingi bosqich zarur emasdek ko'rindi. Sizningcha, mezbonlar bugun o'yinda 2-tarkib bilan harakat qildimi?

- Boshqa jamoaning taktik sxemasi haqida gapirish niyatim yo'q. Uyda o'ynagan har bir jamoa g'alaba uchun o'ynaydi. Raqibda ham, bizda ham golli vaziyatlar bo'ldi. Faqat bu vaziyatlardan ikki jamoa ham foydalana olmadi.

- Siz va "G'ijduvon" oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Jamoamiz bu yildan Pro-ligada ishtirok etayapti. Oldimizda kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirish vazifasi turibdi. O'zlaring ko'rib borayapsizlar, hozirda Pro-ligada o'yinlar Superligadan qolishayotgani yo'q. Har bir ochko oltinga teng deb hisoblayman. Klubimiz rahbariyati, xomiylar astoydil harakat qilishayapti, bizda jamoani yanada kuchaytirish uchun hamma sharoitlar bor. Bu yilgi maqsadimiz chempionatni kuchli beshlikda yakunlash.

- Bugun "G'ijduvon" ochiq futbol ko'rsatdi. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyatdan so'ng bu kabi tavakkal qilishga cho'chimadingizmi?

- "Qo'qon-1912" bilan o'yinda vaziyat biz kutmagan tarzda bo'ldi. Birinchi bo'limda turli taktikalarni sinab ko'rishga majbur bo'ldik. Aytganimdek, majburan himoyani kuchaytirdik. Ikkinchi bo'limda barchasini o'z o'rniga qo'yib oldik va o'yinimiz sifati o'zgardi.

- Bugungi o'yinda darvozabon majburan almashtirildi. Ayni damda uning xolati qanday?

- Darvozabonimiz tirsak qismdan ozroq jarohat olibdi. SHu sababdan uni almashtirishga majbur bo'ldik. Hozirda darvozabon xolati yaxshi, xavotirli joyi yo'q.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика