So’nggi yangiliklar

21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  14 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  16 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  7 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  7

Bahodir Nasimov: "Koreya birinchi ligasi O'zbekiston oliy ligasidan kuchli" Yangiliklar

Bahodir Nasimov: "Koreya birinchi ligasi O'zbekiston oliy ligasidan kuchli"

Teglar :  Bahodir Nasimov
Ushbu mavsumni Janubiy Koreya birinchi ligasida o'tkazgan samarqandlik hujumchi Bahodir Nasimov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida ikkala davlat futboli o'rtasidagi farqlarga biroz to'xtalib o'tdi.

Malumot uchun, Nasimov bu mavsum "Ansan Griners" tarkibida faoliyat olib bordi. Uning jamoasi birinchilikni 9-o'rinda tugatdi. 

- "Koreyada o'yin to hakamning final hushtagi chalinmaguncha davom etadi. Hamma oxirigacha kurashadi. Garchi men u erda birinchi ligada o'ynagan bo'lsam ham, Koreya birinchi ligasi o'zimizning oliy ligadan kuchli. Yaqinda stadionga borib "Dinamo" - "Neftchi" uchrashuvini kuzatdim va shu o'yinni ko'rib Koreyada hatto birinchi liga bizdan ancha kuchli ekaniga yana bir karra amin bo'ldim", - deya aytib o'tdi Nasimov. 

- "Janubiy Koreyada futbolga bo'lgan etibor va munosabat umuman boshqacha. Mashg'ulotlar orasida ham farq katta. U erda tashkilotchilik, matbuotning futbolni yoritishi, xullas barchasi yuqori darajada. Koreyada birinchi liga bilan "K" liga o'rtasidagi farq unchalik katta emas. Jamoalar kuchi ham bir-biriga ancha yaqin". 

- "Bundan tashqari, u erda mashg'ulotlar zo'r o'tadi. Jamoa bilan ikki yarim yo uch soat shug'ullanasiz. Futbolchilarga doim bir xil tarzda og'ir yuklamalar beriladi. Men shuncha futbol o'ynab qaysi jamoalarda to'p tepgan bo'lsam, o'yindan ertasi kun albatta engil mashg'ulot o'tkazilgan. Lekin Koreyada unaqamas. Bugun o'ynadingizmi, ertaga yana hech narsa bo'lmagandek og'ir mashqlarni bajarib ketaverasiz. Mana shularni ko'rib ham Janubiy Koreya nima uchun doim jahon chempionatiga chiqishini o'zim uchun tushunib oldim". 

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика