So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  56 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

Bahodir Nasimov: "Iordaniyadan kuchli o'ynadik" Yangiliklar

Bahodir Nasimov: "Iordaniyadan kuchli o'ynadik"

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov Dubaydagi ikkinchi yig'inga qo'shildi.
Eronning "Padideh" klubi vakili Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Biz Nasimov bilan ushbu o'yin va navbatdagi ikki bahs haqida suhbatlashdik.

- Terma jamoaning Dubaydagi ikkinchi yig'iniga qo'shildingiz. Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi edi. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Menimcha yaxshi o'yin bo'ldi. Raqiblarimiz ham, biz ham Osiyo Kubogiga tayyorlanayapmiz. Birinchi bo'limda 3-4 vaziyatdan foydalana olmadik. Iordaniya esa deyarli birinchi imkoniyatdan gol urdi. Butun o'yinni olsak ulardan ustunroq o'ynadik deb o'ylayman.

- Oldinda so'nggi ikkita o'yin kutib turibdi. Iroqqa qarshi bahslar orqali Mirjalol Qosimov Avstraliyaga boradigan yakuniy tarkibni aniqlab oladi...
- 25 va 28 dekabr kunlari Iroqqa qarshi ikki marta o'ynaymiz. Iroq Iordaniyadan kuchliroq bo'lsa kerak. Uch nafar futbolchining Osiyo Kubogiga bormasiligi aniq. SHu sabab, Iroq bilan o'yinlarda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Albatta, gol urishga harakat qilaman.

- Hozirgi O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etishga qodirmi?
- Albatta, jamoa yaxshi o'ynamoqda. Men Avstraliyaga boramanmi yoki yo'qmi, qita chempionatida zafar quchish vaqti keldi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика