So’nggi yangiliklar

14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  0 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  1 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  3 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  2 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   6 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   11 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  2 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  2

Bahodir Davlatov: “Yangierda xalq katta futbolni sog'inib qolgandi” Yangiliklar

Bahodir Davlatov: “Yangierda xalq katta futbolni sog'inib qolgandi”

Xabaringiz bo'lsa kerak, oliy liganing 3-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Lokomotiv” uchrashuvi ertaga Yangierda bo'ladi.
Stadion rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan, ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lib ulgurgan murabbiy Bahodir Davlatov bilan suhbatlashib, o'yinga tayyorgarlik qay darajada ketayotgani haqida so'radik.

- Bahodir Boyjonovich, ertaga Yangier stadionida oliy liga o'yini bo'lib o'tadi. Ayni damda tayyorgarlik qanday kechmoqda?
- O'yinni yuqori darajada o'tkazish uchun bor kuchni berib ishlayapmiz. Har ikki jamoaga ham qulay sharoit yaratib beriladi. Asosiysi kiyinish va echinish xonasi, issiq suv bilan bog'liq muammo yo'q. Bilsangiz kerak, yaqinda Yangier shahrida ham qor va yomg'ir yog'ib o'tdi. Bugun esa quyosh chiqib turibdi. Menimcha ertaga o'yingacha hammasi ko'ngildagidek bo'ladi.

- Stadion o'z bag'riga qancha tomoshabinni sig'dira oladi?
- 7000-8000 nafar ishqibozga mo'ljallangan. Bilasizmi Yangierda xalq katta futbolni sog'ingan. Ular uchun ertaga haqiqiy bayram bo'ladi. Katta extimol bilan shuningdek ertaga stadion to'lib toshishi kutilmoqda. Negaki, Yangierga Jizzax va Toshkentdan ham ashaddiy muxlislar kelib jamoasini qo'llab-quvvatlaydi.

- Aslida o'yinni Yangierda o'tkazish tashabbusi kimdan chiqqandi?

- To'g'risi, bu haqda aniq malumotga ega emasman. Bilganim shuki, PFL “So'g'diyona”ga Zominda emas Samarqand yoki Yangierda o'ynashini aytgan. Faqat tanlash ixtiyori jizzaxliklarga berilgan. Jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev yaqinda stadionimizga tashrif buyurib, shu erda o'ynashni lozim topdi. 

- Bu sizlar uchun kutilmagan syurpriz bo'ldimi?
- Yuqorida aytganimdek, Yangierda ham futbolni odamlar sog'ingan. Futbol uchun biz hech qachon yo'q demaymiz. Aksincha xursand bo'ldik.

- Nahotki, mana shunday stadioniga ega bo'lgan shaharning xatto birinchi ligada ham jamoasi bo'lmasa.  

- Yaqinda 21 mart, Navro'z bayrami ushbu stadionda tashkil etildi. Unga Sirdaryo viloyati hokimi ham tashrif buyurib, stadion bilan tanishib chiqish asnosida, viloyatning bosh futbol jamoasi shu erda bo'lishi kerakligini takidladi. Ashurmatov Oybek SHodmonqulovich bu borada bizga amaliy yordam berishini aytdi va shu yilning o'zida jamoani birinchi ligaga qaytarish lozimligini bildirdi.

- Xo'sh, bundan keyin qanday o'zgarishlar yuz berdi?
- Keyin biz PFL bosh direktori Farhod Magometovga xat orqali murojaat qildik. Lekin Farhod Abdualievich bu yilgi chempionatga qura tashlanib bo'linganini aytib, ishtirok etishimizga ruhsat bermadi.

- Bu yil chempionatda ishtirok etishi so'roq ostida turgan “Istiqlol” o'z vaqtida aynan “Yangier” jamoasida moliyaviy muammo yuzaga kelganida uning o'rniga qatnashgandi. Bu yil esa “Istiqlol” o'rniga “SHerdor” qatnashadigan bo'ldi. Demoqchimizki, bitta o'rin bo'sh turgandi.
- Haqiqatdan ham 2013 yili shunday bo'lgandi. To'g'risi, u paytda hokimiyat tomonidan etibor yuqori bo'lmagandi. Mana bugungi kunga kelib esa shaxsan viloyatimiz hokimi ko'mak beraman deganida PFL chempionatda ishtirok etishimizga ruhsat bermadi. Aks xolda bu yilgi chempionatga bemalol ulgurardik. Endi nima ham derdik, bu – hayot.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика