So’nggi yangiliklar

12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  1 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6

Bahodir Ahmedov terma jamoadagi yo'qotishlar va Ozarbayjonga necha nafar o'yinchi olib ketishi haqida gapirdi Yangiliklar

Bahodir Ahmedov terma jamoadagi yo'qotishlar va Ozarbayjonga necha nafar o'yinchi olib ketishi haqida gapirdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Kechagi mashg'ulotlar haqida biroz avval batafsil malumot bergan edik. Quyida esa bosh murabbiy Bahodir Ahmedovning fikrlarini o'qishingiz mumkin.

Foto Futzal. O'zbekiston MTJ tarkibida yo'qotishlar bor, kechagi mashg'ulotdan GALEREYA


"Mashg'ulotlar ko'ngildagidek davom etayapti. Faqatgina Davron CHorievda jarohat bor va mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Hozircha u individual tarzda shug'ullanmoqda. Qolgan hamma sog'-salomat va ulardan ko'nglim to'q", - deya fikrlarini boshladi B.Ahmedov.


- CHoriev o'ng oyoq suyagi dars ketishi sabab Ozarbayjonga bormasligi aniq bo'libdi. U Osiyo chempionatiga qadar safga qaytishga ulguradimi?
- Terma jamoa shifokorlari bilan bu borada suhbatlashdik. Ular menga Davron qita birinchiligiga qadar tiklanishga ulgurishi aytishdi. SHunga umid qilamiz.

- Bugungi mashg'ulotda Javlon Anorov hamda Artur Yunusov ko'rinmadi. Sabab?
- Javlon shaxsiy sababga ko'ra ertalabki mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Kechqurungi mashg'ulotda u yana biz bilan birga bo'ladi. Artur esa jarohati borligi sabab terma jamoa ixtiyoridan ketdi. Lekin, u Osiyo chempionatiga borishi mumkin bo'lgan o'yinchilar 25taligida qoladi.

- Ozarbayjonga necha nafar futzalchi olib ketiladi?
- Bokuga 15 nafar futzalchini olib ketamiz. Ulardan ikki nafari darvozabon, 13 nafari o'yinchi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Turkmaniston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati shu yilning 12 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Litvada o'tkaziladigan Jahon chempionatiga yo'llanma beradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика