So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Bahodir Ahmedov: "Sen urmasang, senga urishadi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Sen urmasang, senga urishadi"

Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Kambodja (6:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda Kambodja terma jamoasiga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Ular bugun bizga juda yaxshi qarshilik ko'rsatishdi. Dastlabki bo'limda juda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bu o'rinda "Sen urmasang, senga urishadi" naqli ishladi, birinchi bo'lib hisobni Kambodja vakillari ochib ketishdi. Biz o'z xatolarimiz evaziga jazolandik. 

Ikkinchi bo'limda yigitlarga aniq maqsad va talab qo'ydik. O'yinimiz o'zgardi, jamoamiz vakillari ishonchli o'yin namoyish eta boshlashdi va yakunda yirik g'alabaga erishdik.

- Jamoa murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan xorijlik mutaxassisning foydasi qay darajada tegayapti?

- U kishi mening ustozimning ham ustozi hisoblanadi. Bizga o'zining muhim va qimmatli ko'rsatmalari bilan yordam berayapti.

- Bugungi o'yinda ko'plab rotaciyalarga qo'l urdingiz. Bu jarayon davom etadimi?

- Albatta, biz rotaciyalar bo'yicha muntazam ishlaymiz. Bu biz uchun foydadan xoli bo'lmaydi.

- Jamoa tarkibida ayrim futbolchilar ko'rinmadi. Masalan, Anasxon Rahmatovni qaydnomada ham ko'rmadik...

- Anasxonda jarohat bor. U tibbiy muolajalarni olmoqda. Tez orada safimizga qaytishiga umid qilayapmiz. 

- Jamoaning sobiq azosi Rustam Umarov murabbiylar shtabida qanday vazifani bajarmoqda?

- Rustam Umarov jamoamizda darvozabonlar murabbiyi vazifasini bajarmoqda. Uning tajribasi bizga asqotishiga ishonaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика