So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

Babayan va Iskanderov – oktyabr oyi laureatlari! Yangiliklar

Babayan va Iskanderov – oktyabr oyi laureatlari!

O'zbekiston chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Paxtakor vakillari tengsiz deb topildi.
Xususan, Paxtakor bosh murabbiyi Samvel Babayan 2014 yilgi mavsum hisobidan to'rtinchi marta oy murabbiyiga aylangan bo'lsa, jamoa yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bungacha mart va may oylarida ham eng yaxshi o'yinchi deb topilgandi.

O'zbekiston chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 4-7 oktyabr kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 12 nafar murabbiy va 22 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan 60 ochko to'pladi va 2-o'rinni egallagan Bunyodkor bosh murabbiyi Sergey Lushanni 16 ballga ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Etiborli tomoni, oktyabr oyi so'rovnomasida Babayanga ovoz bergan jurnalistlarning barchasi uni faqat birinchi o'ringa loyiq deb topishdi.

Futbolchilar orasida esa oktyabr oyi yakunlariga ko'ra Paxtakor yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga teng keladigan futbolchi topilmadi. Yarim himoyachi oktyabr oyi so'rovida o'zining eng yaqin taqibchisi, Toshkentning Bunyodkor jamoasi yarim himoyachisi Oleg Zoteevni 32 ballga ortda qoldirdi va 64 ball bilan 2014 yil hisobidan uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi sentyabr oyi kuchli beshligi:

1. Jamshid Iskanderov (Paxtakor) – 64 ball.
2. Oleg Zoteev (Bunyodkor) – 32 ball.
3. Mansur Saidov (Navbahor) – 28 ball.
4. Bahodir Pardaev (Paxtakor) – 19 ball.
5. Artur Gevorkyan (Nasaf) – 17 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi sentyabr oyi kuchli beshligi:

1. Samvel Babayan (Paxtakor) – 60 ball.
2. Sergey Lushan (Bunyodkor) – 44 ball.
3. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 35 ball.
4. Baxtiyor Ashurmatov (Navbahor) – 28 ball.
5. Aleksandr Xomyakov (Mashal) – 18 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика