So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  0 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

Babayan: “Filippinga qarshi uchrashuvda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Babayan: “Filippinga qarshi uchrashuvda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz”

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 4-tur o'yinlari doirasidagi Filippin – O'zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda dastlab O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa yarim himoyachisi Server Jeparov ishtirok etishdi.

“Hozir biz shunday holatdamizki, har bir uchrashuv - eng muhim o'yin. CHunki turnir jadvalida hozirgi vaqtda 3-o'rinni egallab turibmiz. Hozi eng muhimi o'yinimizni kuchaytirib olish. CHunki jamoa katta potencialga ega. Ushbu o'yinga jamoa bilan juda yaxshi tayyorlandik deb ayta olaman. Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Raqibni hurmat qilamiz. Bu jamoa bekorga ikki o'yinda olti ochko to'plamadi. Ular bizning guruhda etakchilardan biri hisoblanadi. Filippin - bir necha yaxshi ijrochilarga ega bo'lgan va tartibli o'yin namoyish etadigan jamoa. SHunqa qaramay biz bu erga o'z oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun keldik. Ertaga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz”, - deya 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yin haqida Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Matbuot anjumanida unga hamrohlik qilgan Server Jeparov ham o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlishib, jumladan, shunday dedi: “Bu mening Filippinga ilk tashrifim va bu erda ekanimdan juda xursandman. Bo'lajak o'yinga keladigan bo'lsak, biz bu erga faqat g'alaba uchun tashrif buyurganmiz. O'ylaymanki, ertaga yaxshi o'yin namoyish qilib, o'zimizga kerakli natija bilan qaytamiz”.

Jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Samvel Babayan yana bir necha masalalarga to'xtalib o'tdi.

“Haqiqatdan ham biz uzoq parvozni amalga oshirdik va bunga butun kunimiz ketdi. Lekin o'yinga tayyorgarlik rejamizga muvofiq tarzda ishlarimizni olib borsak, uzoq parvoz o'yinimizga salbiy tasir ko'rsatmaydi, deb o'ylayman”

“Terma jamoa va klubda bosh murabbiy bo'lib ishlash bir-biridan juda farq qiladi. Terma jamoada futbolchilarga o'z g'oyalaringni uqtirish uchun vaqt juda oz. SHunday bo'lsa-da, qo'l ostimdagi jamoada ko'plab kuchli klublarda o'ynayotgan yuqori saviyali futbolchilar bor. Bu borada omadim kelgan deb ayta olaman. Ishonchim komilki, o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz”.

“Terma jamoada hozir o'yinni tartibli yo'lga qo'yish va o'zim istagan o'yin uslubini yigitlarga singdirish men uchun muhim. SHunday paytda jamoangda Server Jeparov va Aleksandr Geynrix kabi futbolchilarning bo'lishi bu istalgan murabbiy uchun baxt”.

“SHimoliy Koreyaga qarshi o'yinda yo'lga qo'yilgan asosiy xato himoyadagi parokandalik bo'lgan va mening terma jamoaga kelib, birinchi bo'lib qilishim kerak bo'lgan ish - shu kamchiliklarni bartaraf etish edi. O'ylaymanki, himoya va hujum chizig'i o'rtasidagi mutanosiblik, uyg'unlik yaxshi yo'lga qo'yildi. Bo'lajak o'yinlarda avvalgi xatolar takrorlanmaydi deb o'ylayman”, - deydi O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика