So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

Azizjon G'aniev va "SHabab Al-Ahli" Birlashgan Arab Amirliklari chempioniga aylandi! Yangiliklar

Azizjon G'aniev va "SHabab Al-Ahli" Birlashgan Arab Amirliklari chempioniga aylandi!

Klub chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda mamlakat chempionligini naqd qildi.

Birlashgan Arab Amirliklari Pro Ligasida "SHabab Al-Ahli" jamoasi chempionga aylandi. Azizjon G'aniev harakat qilayotgan jamoa 25-tur doirasida "Banni Yas" ustidan dramatik tarzda g'alaba qozondi va chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda bosh sovrinni naqd qildi. Juda muhim uchrashuvning 61-daqiqasida o'z darvozasidan to'p olib chiqqan "SHabab Al-Ahli" o'zini yo'qotib qo'ymadi. 70-daqiqada o'zbekistonlik futbolchi Azizjon G'aniev juda kuchli zarbasi bilan darvozani ishg'ol qildi va jamoasini o'yinga qaytardi. O'yinning 74-daqiqasida esa "SHabab Al-Ahli" yakunda g'alaba keltirgan to'pni kiritdi. 

SHu tariqa, chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda "SHabab Al-Ahli" ikkinchi va uchinchi o'rinda turgan "Al Ayn" va "Al Vahda"dan uch ochko oldinlab ketdi. CHempionat yakunida ochkolar teng kelib qolgan taqdirda bosh o'lchov sifatida ikki jamoaning o'zaro o'yiniga qaraladi. "SHabab Al-Ahli" esa ikki taqibchisi bilan o'zaro o'yinlarda ustunlikka ega. "Al Ayn" va "Al Vahda"ga qarshi chempionat doirasidagi o'yinlarda "SHabab Al-Ahli" mag'lub bo'lmagan. Aksincha, ikkala jamoani ham bir martadan mag'lub qilgan va bir martadan durang o'ynagan. Bu esa taqibchilar so'nggi turda "SHabab Al-Ahli" bilan ochkolarini tenglashtirgan taqdirda ham judvalda pastroqda joylashishlarini anglatadi. Xullas, Azizjon G'aniev – BAA chempioni!


"Banni Yas" – "Al-Ahli" 1:2

Gollar: Sasha Ivkovich 62', Azizjon G'aniev 70', Yaxyo Al Gassani 74'

Azizjon G'anievning golini telegramda tomosha qiling

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика