So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Azizjon G'aniev Jizzaxda. Kutib olish marosimidan maxsus reportaj FOTO + VIDEO Yangiliklar

Azizjon G'aniev Jizzaxda. Kutib olish marosimidan maxsus reportaj FOTO + VIDEO

Xitoyda o'tgan 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan Azizjon G'aniev Jizzaxda munosib tarzda, karnay surnay sadolari ostida kutib olindi.

Millionlar o'yini ihlosmandlari yosh charm to'p ustasi va uning yaqinlarini tabriklash maqsadida G'anielar xonadoniga tashrif buyurishdi.  Mahalla oqsoqollari boshchiligidagi barcha mahalladoshlar Azizjon G'anievning chinakkam muhlisiga aylanib, Osiyo chempionati davomida uni va jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlab turishganini,terma jamoaning muvofaqiyati esa ularning millionlar o'yiniga bo'lgan mehrini yanada orttirganini takidlab, uni kelajakdagi faoliyati bundanda muvoffaqiyali bo'lishiga tilak bildirildi.

SHundan so'ng, Azizjon G'aniev  bilan Jizzax viloyat hokimligida  Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliev, hokim o'rinbosari Botir  To'xtamishev, viloyat Futbol Federaciyasi birinchi  vice prezidenti  Anvar Musulmanov, Jizzax viloyat Jismoniy  tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i Inom Tojiboev uchrashdilar. Uchrashuv davomida rahbarlar Alijon G'anievga shunday o'g'lonni voyaga etkazib tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirib, Azizjon G'anievga ham kelajakda  milliy terma jamoa safida jahon chempionatida ishtirok etib, muvofaqqiyat qozonishiga ishonch bildirishdi. Uchrashuv so'nggida Aziz G'anievga Jizzax viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari  topshirildi.



Yurtimizda futbolni sevishadi. Futbolchilarimiz esa xalkimizning doimiy etibor va etirofida. Umid qilamizki, yoshlarmiz kelajakda Azizjon G'aniev kabi yutuqlarga erishib, yurtimiz sporti dovrug'ini yuksaklarga ko'tarishadi. Qo'yida Jizzax shaxar televidiniesining maxsus video lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.



Dildora Xolboeva
Jizzax shahridan maxsus

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика