Aziz Asimov - Osiyo o'yinlari finalida ishlagan birinchi o'zbek hakami bo'ldi
07 sen 2018 14:39
Yangiliklar
Aziz Asimov - Osiyo o'yinlari finalida ishlagan birinchi o'zbek hakami bo'ldi
Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasida o'zbekistonlik FIFA hakami Aziz Asimov ishlaganini ko'pchilik bilmasa kerak. Hamyurtimiz musobaqa davomida 4ta o'yinda bosh hakam bo'ldi.
Finalda Janubiy Koreya Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etganidan barchaning xabari bor. Aynan shu o'yinda ham Asimov brigadasi ishladi. SHu tariqa Aziz Asimov Osiyo o'yinlari finalida ishlagan birinchi o'zbek hakami bo'lib tarixga kirdi.
Etiborli tomoni, Asimov 9 iyuldan buyon Superliga bahslarida ishlamayapti. O'FA 16-turdan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Metallurg" uchrashuvidan keyin ushbu hakamni nomalum muddatga chetlatgan edi.
Aziz Asimov Osiyo o'yinlarida quyidagi o'yinlarda ishladi:
14 avgust
BAA - Suriya 0:1
20 avgust
Indoneziya - Gonkong 3:1
27 avgust
BAA - KXDR 1:1 (penaltilar seriyasi 5:3)
FINAL
1 sentyabr
Janubiy Koreya - Yaponiya 2:1