Azar navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishga yaqin, uning sog'lig'ida muammolar bor
08 iyu 2020 19:10
Yangiliklar
Azar navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishga yaqin, uning sog'lig'ida muammolar bor
“Real” azosi Eden Azar oyog'ining to'piq qismida og'riq sezmoqda.
Bu 28 iyun kuni La Liga 32-turi doirasida bo'lib o'tgan “Espanol”ga qarshi uchrashuvdagi raqiblar bilan to'qnashuvlar natijasida kelib chiqqan.
Seshanbada Azar madridliklarning qolgan o'yinchilari bilan mashqlarda ishtirok etgan. Biroq, guruhlarga bo'lingan holda o'yin boshlangandan keyin u sheriklarini tark etdi.
Eden katta ehtimol bilan “Alaves”ga qarshi kelayotgan juma kuni bo'lib o'tadigan bahsda ham qatnasholmasligi kutilmoqda. Avvalroq, u "Xetafe" bilan o'tgan o'yinda ham ishtirok etolmagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar