Azamat Isroilov “So'g'diyona”ga qaytdi. Rashidov ham qaytadi-mi?
07 jan 2018 18:55
Yangiliklar
Azamat Isroilov “So'g'diyona”ga qaytdi. Rashidov ham qaytadi-mi?
Katta ehtimol bilan “So'g'diyona” yangi mavsumni Superligada o'tkazadi.
Olingan malumotlarga ko'ra, jizzaxliklar licenziyalashdan ijobiy o'tishmoqdi. SHu bois ularning yana kuchlilar safida qolishiga ruxsat berilishi arafasida.
Jamoa rahbariyati yaqinda “Nasaf” lageriga borib qo'shilgan futbolchilarini ortga qaytardi. Himoyachi Azamat Isroilov bugundan yana Aleksandr Mochinov boshqaruvidagi “So'g'diyona” mashg'ulotlariga qo'shildi. Jamoaning yana bir etakchisi Sanjar Rashidov ham yaqin kunlarda klub ixtiyoriga qaytib kelishi kutilmoqda. Ammo kecha Ro'ziqul Berdiev Rashidov "Nasaf" bilan shartnoma tuzganini malum qilgandi.
SHundan ham bilsa bo'ladiki, jizzaxliklar katta ehtimol bilan bu yil Superligada ishtirok etishga umid qilib, shunga monand tayyorgarlik olib bormoqda.
Fikrlar