So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  2 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Azamat Abduraimov: "Muhimi 3 ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Muhimi 3 ochkoni qo'lga kiritdik"

Bugun U-16 Osiyo chempionati-2020 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan bahs olib bordi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o'yindan so'ng quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Muhimi – biz bugun g'alaba qozondik, 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Hech bir g'alabaga osonlikcha erishayotganimiz yo'q. Yigitlarimizga mag'lub bo'la turib xarakter ko'rsata olganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ularni jangovar ruhda o'yinga tayyorlashga intilgan edik. Zero Turkmaniston Hindistonga yoki Bahraynga 0:5 hisobida mag'lub bo'lishi mumkin. Lekin qo'shni bo'lganimiz sabab biz bilan o'yinda ular so'nggi soniyalargacha kurash olib borishdi.

Bugun o'tgan safargi o'yin bilan solishtirganda tarkibda katta o'zgarishlar qildik. Bundan ko'zlangan maqsad o'tgan gal maydonga tushmaganlarga o'yin amaliyoti taqdim etish va etakchilarga dam olish imkonini berish edi. Faqat 3 nafar yigitgina bugun ham maydonga tushdi. Himoya chizig'ini to'la yangiladik. Qolaversa, bizda kichik jarohatlar ham mavjud, - dedi mutaxassis.


Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика