So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Azamat Abduraimov: "G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman"

“Andijon” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Andijon” bosh murabbiyi Azamat Abduraimov qatnashdi.
- Bugungi o'yinda shogirdlarim xarakter ko'rsatganlari uchun g'alaba qozondik. Biz uchrashuvga faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. O'yindan bir kun oldin qarorgohimizda yig'ilish o'tkazib, yigitlarga faqat g'alaba bizni qoniqtirishini takidlab o'tgandim. Va ular bu aytganlarimni bajarishga muvaffaq bo'ldilar. Bugungi o'yin biz uchun ancha og'ir o'tdi. Biz faqat g'alaba uchun o'ynadik, - deb gap boshladi Azamat Abduraimov.

- “Buxoro” jamoasi yaxshi shakllangan jamoalardan biri. Jamoaga  tajribali murabbiy Edgar Gess boshchilik qilmoqda. O'z maydonlarida “Bunyodkor”ga etarlicha qarshilik ko'rsatganligini o'ziyoq jamoa haqida iliq fikrlar uyg'otishi tabiiy. Jamoada tajribali o'yinchilar talaygina. Masalan, Vuyovichni olaylik. Bu o'yinchi markazda ancha tartibli o'yin namoyish etdi.

- Alisher Azizovni bugun asosiy tarkibga kiritgan edim. U o'yindan oldingi mashg'ulot davomida kichik jarohat olib qoldi. Keyin zudlik bilan Bahrom Abdurahimovni tushirishga majbur bo'ldim. Bahrom bu o'yinda jarohat bilan o'ynadi. CHunki u safarda “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda maydonni jarohat bilan tark etgandi.

- Bugun o'yinda bizga havoning issiqligi ham ozgina tasir qildi. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz shuning evaziga qovushmadi. Endi keyingi bahslarda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.


Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика